fbpx
«Pasxalnoe gnezdo»  pechenyesi

«Pasxalnoe gnezdo» pechenyesi

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Choy yoki qahvaga ajoyib qo’shimcha bo’la oladigan ushbu juda mazali pechenyelarni pishirib ko’rishingizni maslahat beramiz.

Bunday pechenyelarni, ayniqsa, bolalar ham sevib iste’mol qilishadi, ham uning tayyorlanishida ishtirok etishadi.

Tayyorlangan taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
250 gramm un
170 gramm sariyog'
100 gramm shakar upasi
40 gramm kakao kukuni
1 ta tuxum
0,5 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz
80 gramm istalgan oq va qora shokolad yoki shokolad pastasi
bezak uchun "M&M's" konfetlari
Qadam 1
Tugallandi

Idishga barcha quruq mahsulotlarni elakdan o'tkazib olamiz: kakao kukuni, shakar upasi, qabartma, tuz, aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Unli massaga sovuq sariyog'ni qirg'ichdan chiqarib, qo'lda ishqalab, qumoq shakliga keltiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirga tuxum solib, yumshoq cho'ziluvchan xamir qoramiz. Agar xamir qo'lga yopishsa, unga ozroq un solishingiz mumkin.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirdan diametri 2 sm keladigan koptokchalar yasab, taxtakach ustiga qo'yamiz va 1-2 soatga muzlatgichga yuboramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Sovugan xamirni olib, ularni sarimsoqpiyoz maydalagichdan o'tkazib, qush uyasini hosil qilamiz. O'rtasini butilka qopqog'i yordamida tekislab olamiz.
Eslatma: Uyalarni pergament qog'ozi ustiga qo'ying. Bitta uya 2-3 ta xamir koptokchalaridan hosil bo'ladi.

Qadam 6
Tugallandi

Pechenyelarni 180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 15 daqiqa pishiramiz. Pechdan olib, sovutamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Shokoladni suv bug'ida eritamiz.
Eslatma: shokoladni istalgan shokolad pastasiga almashtirsa bo'ladi.

Qadam 8
Tugallandi

Pechenye o'rtasiga eritilgan shokolad quyib, konfetlar bilan bezatamiz.
Yoqimli ishtaha!

  • 2 soatdan ko'proq
  • Portsiya 14
  • Oddiy
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
250 gramm un
170 gramm sariyog'
100 gramm shakar upasi
40 gramm kakao kukuni
1 ta tuxum
0,5 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz
80 gramm istalgan oq va qora shokolad yoki shokolad pastasi
bezak uchun "M&M's" konfetlari
oldingi
Tuxum sarig’idan tayyorlangan kulich
keyingi
Videoretsept: oshirma xamirdan yong’oqli rulet

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.