Parhezbop sinnabon bulochkalari
Masalliqlar:
-
180 gramm tvorog
-
1 dona tuxum
-
100 millilitr kefir
-
220 gramm to'la don uniцельнозерновая пшеничная мука
-
1 choy qoshiq qabartma
-
4 choy qoshiq kakao kukuni
-
1 choy qoshiq dolchin
-
4+ choy qoshiq iliq suv
-
2 osh qoshiq suyuq asal
Yo’nalishlar
Siz sog’lom turmush tarziga rioya qilsangiz ham, mazali yeguliklar, masalan dolchinli bulochkalardan iste’mol qilish imkoniyatiga egasiz.
Siz ham tayyorlang va yaqinlaringizni xursand qiling. Foydali va juda mazali yegulikdan tayyorlash siridan voqif bo’ling.
1 dona bulochkaning ozuqaviy qiymati: 95 kkal bo’lib, oqsillar— 6 gr, yog’lar — 2 gr, uglevodlar — 14 gr ni tashkil etadi.
Masalliqlar:
180 gramm tvorog | |
1 dona tuxum | |
100 millilitr kefir | |
220 gramm to'la don uni | |
1 choy qoshiq qabartma | |
4 choy qoshiq kakao kukuni | |
1 choy qoshiq dolchin | |
4+ choy qoshiq iliq suv | |
2 osh qoshiq suyuq asal |
Tvorog, tuxum va kefirni bitta idishga solib, silliq bo'lgunga qadar aralashtirib olamiz.
So'ng qabartma va tuzni solamiz. Hammasini aralashtirib, unni oz-ozdan solamiz. Xamir quyuq va yumshoq, yoyishga qulay bo'lishi kerak.
Stolga un sepib, xamirni to'rtburchak shaklda yoyib olamiz.
Asosi uchun kakao, dolchin va iliq suvni solib, aralashtirib olamiz. Uning suyuqligi eritilgan shokoladdek bo'lishi lozim.
Xamirga asosdan surtamiz va ruletsimon shaklda o'rab chiqamiz. 2-3 sm qalinlikdadi bo'lakchalar kesib chiqamiz.
Yog' surtilgan qolipga bulochkalarni terib chiqamiz va 180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 45 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pishgandan so'ng ustidan asal surtamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
180 gramm tvorog | |
1 dona tuxum | |
100 millilitr kefir | |
220 gramm to'la don uni | |
1 choy qoshiq qabartma | |
4 choy qoshiq kakao kukuni | |
1 choy qoshiq dolchin | |
4+ choy qoshiq iliq suv | |
2 osh qoshiq suyuq asal |
2 Sharhlar Hide Comments
Judayam zoʻr retseptlar bor.. shaxsan menga zira.uz judayam yoqadi…! Ishlaringiz omad…! Bundan ham koʻp retseptlar boʻlishini hohlaymiz..! ❤️? @miravoiPovar_1
Assalomu aleykum, sizga yoqqanidan juda xursandmiz! Savollar va tushunmovchiliklar bo’lsa, bemalol yozib qoldiring, bundan faqat xursand bo’lamiz 🙂