fbpx
Oddiy oshxamir qorish

Oddiy oshxamir qorish

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Yaqinlaringizni xonim yoki tobida pishgan mantilar bilan siylang! Bu yerda asosiy rolni to’g’ri qorilgan oshxamir o’ynaydi.

Bunday xamirni yoyish umuman qiyinchilikm tug’dirmaydi, agarda unga ozroq sirka ham qo’shsak chebureklar uchun xamirga ega bo’lamiz.

Masalliqlar:

Portsiya:
700 gramm un
230-250 millilitr iliq suv
1.5 choy qoshiq tuz
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Barcha kerakli masalliqlarni tayyorlab olamiz.

Iliq suvga tuz solamiz va aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Katta idishga unni solamiz va ustidan tuzli suvni solib yaxshilab aralashtiramiz.

Qo'lga yopishmaydigan, o'rtacha yumshoqlikdagi xamir qoramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirni yoyish osonroq bo'lishi uchun ustidan ikki qoshiq yog' solib, xamir ustiga surtib chiqamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni ustini yopib, yarim soatga tindirib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamir tin olib bo'lgach uni yupqa qilib yoyib chiqamiz va xonimning turiga qarab kesib chiqasiz yoki undan manti ham pishirsangiz bo'ladi. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • Portsiya 8
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
700 gramm un
230-250 millilitr iliq suv
1.5 choy qoshiq tuz
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
oldingi
«Madlen» shokoladli pechenyesi
keyingi
Videoretsept: Cheburek

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.