O’zgacha uslubdagi napoleon torti
Masalliqlar:
-
1000 gramm tayyor qatlamali oshirma xamir
-
500 gramm 35 %li yog'li qaymoq
-
380 gramm quyultirilgan sut
Yo’nalishlar
Barchaga sevimli bo’lgan tortni bugun umuman o’zgacha ko’rinishda, faqatgina 3 xil masalliqlardan tayyorlaymiz.
Bunday tort ko’rinishi bayramona, ta’mi esa juda ham mayindir.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 45 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
1000 gramm tayyor qatlamali oshirma xamir | |
500 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
380 gramm quyultirilgan sut |
Xamirni xona haroratida yumshatib olamiz va 0,5-0,7 mm qalinlikda yoyib olamiz.
2 sm qalinlikdagi uzun tasmachalar kesib olamiz, uzunligini esa o'zingizning xohishingizga bog'liq (bizlar uzunligini 30 sm qildik).
Xamir bo'laklarini pergament qog'oz ustiga terib, oldindan 200 C darajada qizdirilgan pechda 15-20 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Ularni olib sovutamiz.
Kremi
Qaymoq va quyultirilgan sut muzdek bo'lishi kerak. Qaymoqni olib, yaxshilab ko'pirtirib olamiz. Quyultirilgan sutni oz-ozdan solib, ko'pirtirishda davom etamiz.
3-4 ta xamir bo'laklarini ustini bezatish uchun chetga olib qo'yamiz.
Oziq-ovqat pelyonkasi ustidan xamirlarni bir qator qilib terib chiqamiz, ustidan krem surtamiz. Yana bir qator qilib terib, krem surtamiz. Ustidan yana 3 ta xamir bo'laklarini terib, yana krem surtamiz.
Oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopib, unga yarim oy shaklini beramiz.
Tortni 8 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.
Masalliqlar:
1000 gramm tayyor qatlamali oshirma xamir | |
500 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
380 gramm quyultirilgan sut |