fbpx
Nafis qaylada pishgan tovuq go’shti

Nafis qaylada pishgan tovuq go’shti

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bunday usulda pishiriladigan tovuq go’shti juda sersuv va mayin bo’lib pishadi. Yashil no’xat va sut esa unga umuman o’zgacha ta’m bag’ishlaydi.

Oddiy mahsulotlardan tayyorlaniladigan bu taom katta-yu kichikka birdek yoqishi aniq.

Tayyorlaniladigan ichimlikka taxminan 17 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm tovuq filesi
1 bosh piyoz
150 gramm konservalangan yashil no'xot
2 osh qoshiq un
200 millilitr sut
qovurish uchun zaytun moyi
ta'bga qarab tuz va murch
50 millilitr suv
Qadam 1
Tugallandi

Tovuq go'shtini o'rtacha kattalikda to'g'rab, unga belab olamiz va yog'da qizarguniga qadar qovurib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tovuq ustidan to'g'ralgan piyozni solib, aralashtiramiz. Tuz va murch sepamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Suv quyamiz va qopqog'ini yopib, 5 daqiqa past olovda dimlab pishiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ustidan konservalangan yashil no'xatni solib, sutni ham quyamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Sut quyuqlashguniga qadar 5-7 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Taomga xohlagan garnirdan tayyorlab, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 20 daqiqa
  • Portsiya 4
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm tovuq filesi
1 bosh piyoz
150 gramm konservalangan yashil no'xot
2 osh qoshiq un
200 millilitr sut
qovurish uchun zaytun moyi
ta'bga qarab tuz va murch
50 millilitr suv
oldingi
Meksikancha salat
keyingi
Achchiq qaylali baqlajonlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.