fbpx
«Mujskoy kapriz» salati

«Mujskoy kapriz» salati

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Mujskoy kapriz salati resatoran-u kafelarda eng ko’p buyurtma beriladigan, ko’pchilikka sevimli bo’lgan salatlaridan biridir. Ko’pi bilan 15 daqiqa vaqtingizni oluvchi bu salatni biz bilan birga tayyorlang!

Bu salatning yana bir yoqimli tarafi shundaki, u juda to’yimli bo’lib, bemalol ovqat o’rnini bosa oladi. Agarda bu salat yanada mazaliroq chiqishini istasangiz, mayonezni o’zingiz bizning retsept asosida tayyorlab ko’ring.

Masalliqlar:

100 gramm dudlangan kurka go'shti
100 gramm dudlangan kolbasa
100 gramm qazi
100 gramm qattiq pishloq
200 gramm mayonez
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Barcha masalliqlarni olib 3-5 millimetr qalinlikda somoncha shaklida to'g'rab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Hammasini idishga solamiz va mayonez solib aralashtiramiz. Salatimiz tayyor!

Qadam 3
Tugallandi

Salatni dasturxonga tortishingiz mumkin yoki sovutgichda bir kecha-kunduzdan ortiq bo'lmagan muddatgacha saqlashingiz mumkin.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 15 daqiqa
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

100 gramm dudlangan kurka go'shti
100 gramm dudlangan kolbasa
100 gramm qazi
100 gramm qattiq pishloq
200 gramm mayonez
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Batafsil fotoretsept: Somsa uchun qatlamali xamir
keyingi
Qatlamali xamirdan somsalar

12 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.