fbpx
Mol go’shtidan Vellington

Mol go’shtidan Vellington

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Vellington taomi (beef Wellington) – ilk bor Buyuk Britaniyada pishirilgan ajoyib bayram taomi hisoblanadi. Ishtahaochar va juda mazali.

Qo’ziqorinli qaylada pishirilgan mol go’shti parchasi, qatlama xamirga o’ralgan bu lazzatli taomni tayyorlab ko’rmaslikni iloji yo’q!

Bu ovqatni tayyorlashda mol go’shtining bon-filesi ya’ni suyaksiz faqat lahm joyi ishlatilsa ovqatimiz yanada mayin va sersuv chiqadi.

Masalliqlar:

Portsiya:
500-600 gramm mol go'shti
400 gramm shampinyon
1 bosh piyoz
1 ta lavash
500 gramm qatlama xamir
2 osh qoshiq xantal
1 ta tuxum sarig'i
ta'bga ko'ra tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Qo'ziqorinlar blenderda silliq holatga kirguncha maydalaniladi.

Qadam 2
Tugallandi

Piyoz to'rtburchak shaklda to'g'raladi va yog' solingan tovada qovurib olinadi.

Piyoz ustidan qo'ziqorin solinadi va bug'ga aylanib suvsiz qolgunicha qovuriladi.

Qadam 3
Tugallandi

Mol go'shti parchasi ortiqcha yog'laridan tozalaniladi. Tuz va murch sepiladi. Yog' solib qizdirilgan tovada har bir tomoni 2 daqiqadan qovuriladi.

Agar go'shtning ichi yaxshi pishmay pushti rangda qolishini istasangiz u holda 30 soniyadan qovuring.

So'ng go'sht sovutiladi va ustidan xantal surib chiqiladi.

Qadam 4
Tugallandi

Xamir to'rtburchak shaklda 3-4 mm qalinlikda yoyiladi. Ustidan lavash qo'yiladi - u go'sht va qayladagi ortiqcha namlikdan xamirni himoya qiladi.

Lavash ustidan bir tekis qilib qo'ziqorinli qayla suriladi va go'sht parchasi qo'yiladi.

Go'sht birinchi lavashga, so'ng esa xamirga o'rab chiqiladi.

Qadam 5
Tugallandi

Xohishga qarab usti xamirdan qilingan turli xil shaklchalar bilan bezatiladi.

15 daqiqaga sovutgichga qo'yiladi.

Qadam 6
Tugallandi

200 C da qizdirilgan gaz pechida 20 daqiqa davomida pishirib olinadi.

So'ng olovni 180 C gacha pasaytiramiz va yana 20 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Tayyor ovqatni 15 daqiqaga tindirib qo'yamiz so'ng esa bemalol dasturxonga tortishimiz mumkin. Yoqimli ishtaha!

Yangi yil dasturxoningizda mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga a'zo bo'ling.

  • 1 soat 30 daqiqa
  • Portsiya 6
  • O’rtacha
  • 200 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
500-600 gramm mol go'shti
400 gramm shampinyon
1 bosh piyoz
1 ta lavash
500 gramm qatlama xamir
2 osh qoshiq xantal
1 ta tuxum sarig'i
ta'bga ko'ra tuz va murch
oldingi
Videoretsept: Pishloqli, tovuq go’shtidan kotletlar
keyingi
Shvedcha pechenye

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.