Mitbolli burgerlar
Masalliqlar:
-
4-5 ta gamburgerlarga mo'ljallangan bulochka
-
4-5 ta Aysberg salat bargi
-
200 gramm pitsaga mo'ljallangan motsarella pishlog'i
-
Mitbollariga:
-
300 gramm mol go'shtidan qiyma
-
bir nechta shoxcha rozmarin
-
1 ta tuxum
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
Sousiga:
-
1 dona qizil bulg'or qalampiri
-
100 gramm piyoz
-
300 gramm pomidor
-
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
150 gramm ketchup
-
200 millilitr suv
-
100 millilitr o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Burgerlarni faqatgina kotletlardan emas, balki kichkinagina mitbollar, ya’ni frikadelkalar bilan ham tayyorlash mumkin ekan.
Ammo bunday burgerga tayyorlagan juda mazali sousimizdan siz hali umuman tayyorlab ko’rmagansiz.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 50 000 so’m sarf qilinadi.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
4-5 ta gamburgerlarga mo'ljallangan bulochka | |
4-5 ta Aysberg salat bargi | |
200 gramm pitsaga mo'ljallangan motsarella pishlog'i | |
Mitbollariga: |
|
300 gramm mol go'shtidan qiyma | |
bir nechta shoxcha rozmarin | |
1 ta tuxum | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
Sousiga: |
|
1 dona qizil bulg'or qalampiri | |
100 gramm piyoz | |
300 gramm pomidor | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
150 gramm ketchup | |
200 millilitr suv | |
100 millilitr o'simlik yog'i |
Sousini tayyorlab olamiz
Bulg'or qalampiri, piyoz, pomidor va sarimsoqpiyozni parrak qilib to'g'raymiz. So'ng pergament qog'oz to'shalgan patnisga terib chiqamiz.
Tuz va murch sepib, o'simlik yo'gidan quyamiz. 180 C darajada qizigan pechga qo'yib, 25 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pishgan sabzavotlarni blender idishiga solib, maydalab olamiz.
So'ng ularni chuqurroq tovaga quyib, ustidan ketchup va suvni solamiz. Gazga qo'yib, 5 daqiqa davomida dimlab pishiramiz. Gazni o'chirib, tovada qoldiramiz.
Mitbollarni tayyorlaymiz
Qiymaga to'g'ralgan rozmarin va tuxumni solamiz. Tuz va murch sepib, aralashtirib olamiz.
So'ng 40-50 grammdan qiymadan olib, koptokchalar yasab chiqamiz va qizidirlgan yog'da qovurib olamiz.
Mitbollarni tovadagi sous ustidan terib chiqamiz va gazga qo'yib, 7 daqiqa davomida dimlab pishiramiz.
Mitbollar soni nechta bo'lsa, pishloqni ham shuncha bo'laklarga bo'lib chiqamiz va mitbollarnining ustidan qo'yib chiqamiz. Olovni o'chirib, qopqog'ini yopamiz. Shunda pishloqlar erib qolishi kerak.
Bulochkalarni o'rtasidan teng ikkiga bo'lib chiqamiz. Xohishga qarab, quruq tovada qovurib olamiz.
Masalliqlar:
4-5 ta gamburgerlarga mo'ljallangan bulochka | |
4-5 ta Aysberg salat bargi | |
200 gramm pitsaga mo'ljallangan motsarella pishlog'i | |
Mitbollariga: |
|
300 gramm mol go'shtidan qiyma | |
bir nechta shoxcha rozmarin | |
1 ta tuxum | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
Sousiga: |
|
1 dona qizil bulg'or qalampiri | |
100 gramm piyoz | |
300 gramm pomidor | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
150 gramm ketchup | |
200 millilitr suv | |
100 millilitr o'simlik yog'i |