Lavashdan qilingan toblatma
Masalliqlar:
-
4 ta tuxum
-
150 millilitr sut
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
ta'bga qarab ko'katlar
-
300 gramm pishloq
-
100 gramm lavash
-
qolipga surtish uhcun sariyog'
Yo’nalishlar
Tayyor lavash xamiri bo’sh vaqti kam bekajonlar uchun tengsiz yordamchi sanaladi. Mana bunday lavashli toblatma esa ajoyib nonushta yoki kechki taom bo’la oladi.
Tezpishar va juda mazali taom yosh-u qariga birdek yoqishi aniq.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 25 000 so’m sarf qilinadi.*
*nnarxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
4 ta tuxum | |
150 millilitr sut | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ta'bga qarab ko'katlar | |
300 gramm pishloq | |
100 gramm lavash | |
qolipga surtish uhcun sariyog' |
Tog'orachaga tuxum, tuz, sut, mayda to'g'ralgan ko'katlar va qirg'ichdan chiqarilgan pishloqni solamiz. Yaxshilab aralashtirib olamiz.
Lavashni mayda qilib to'g'raymiz va tuxumli aralashmaga solamiz. Aralashtiramiz.
Qolipga sariyog' surtamiz va lavashli aralashmani quyamiz. Ustini qoshiqda tekislab, 170 C darajada qizigan pechda 40 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
2 Sharhlar Hide Comments
Sutni qachon solamiz?
Assalomu aleykum, 1-qadamda sut solinadi.