Kartoshkali toblatma (graten)
Masalliqlar:
-
0,5 kilo kartoshka
-
100 millilitr qaymoq
-
100 millilitr sut
-
1 tishcha sarimsoqpiyoz
-
50 gramm qattiq pishloq
-
0.5 choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i
-
pishiriq idishiga surtish uchun sariyog'
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
Yo’nalishlar
Sovuq va izg’irin qish – to’yimli va isituvchi ovqatlar iste’mol qilish mavsumi. Kartoshkali toblatma aynan shunday ovqat hisoblanadi. Yumshoq, xushbo’y hidga ega, og’izda eriydigan bu toblatmani, asosiy taom sifatida ham, taomga qo’shimcha gazak sifatida ham tanovul qilsa bo’ladi.
Graten – gaz pechida qizartirib pishiriladigan ovqat bo’lib, unga ishlatiladigan kartoshka a’lo darajali bo’lishi kerak. Ya’ni: o’rtacha qattiqlikda va katta-katta. Pishloq xohishga qarab tanlanadi. Sarimsoqpiyoz va ziravorlarni ayamang, chunki toblatmamiz mazzasi shu ziravorlarga bog’liqdir!
Masalliqlar:
0,5 kilo kartoshka | |
100 millilitr qaymoq | |
100 millilitr sut | |
1 tishcha sarimsoqpiyoz | |
50 gramm qattiq pishloq | |
0.5 choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i | |
pishiriq idishiga surtish uchun sariyog' | |
ta'bga ko'ra tuz va murch |
Qayla tayyorlab olinadi: Sut bilan qaymoq aralashtirilib, ustidan maydalangan sarimsoqpiyoz, tuz, murch va maydalangan muskat yong'og'i solinadi.
Aralashtiriladi va chetga olib qo'yiladi.
Kartoshka archilib, yupqa aylana shaklda tog'raladi.
Idish usti zar qog'oz bilan yopiladi va 180 C darajada 40-45 minut davomida gaz pechida pishirib olinadi.
Keyin toblatma ustidagi zar qog'oz olib tashlaniladi va pishloq qirg'ichdan o'tkazilib, ustiga sepiladi va qizarguncha 10 daqiqa davomida qizartirib olinadi.
Yangiliklarga boy mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
0,5 kilo kartoshka | |
100 millilitr qaymoq | |
100 millilitr sut | |
1 tishcha sarimsoqpiyoz | |
50 gramm qattiq pishloq | |
0.5 choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i | |
pishiriq idishiga surtish uchun sariyog' | |
ta'bga ko'ra tuz va murch |
2 Sharhlar Hide Comments
Zo’r
Yoqimli ishtaha !!!