Kartoshkali krem-sho’rva
Masalliqlar:
-
500 millilitr tovuqli bulyon
-
200 millilitr suv
-
500 gramm kartoshka
-
150 gramm piyoz
-
100 millilitr 15-20 % li qaymoq
-
70 gramm pishloqgauda, tilzter
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
birga tortish uchun grenkilar
Yo’nalishlar
Kartoshka, qaymoq va pishloq bilan pishiriladigan mana bunday krem-sho’rva retsepti bilan tanishib oling. Bunday taom oila a’zolaringizning katta-yu kichigiga birdek yoqishi aniq.
Sarimsoqpiyozli grenkilarni tayyorlash uchun esa sarimsoqpiyozni baget noniga surtib chiqib, quruq tovaning o’zida qovurib olamiz, xolos.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 12 000 so’m sarf qilinadi.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
500 millilitr tovuqli bulyon | |
200 millilitr suv | |
500 gramm kartoshka | |
150 gramm piyoz | |
100 millilitr 15-20 % li qaymoq | |
70 gramm pishloq | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
birga tortish uchun grenkilar |
Kartoshka va piyozni po'stini archib, yuvib olamiz. Qozonga solamiz. Ustidan qaynoq bulyon va suvni quyamiz. Gazga qo'yib, qaynash darajasiga keltiramiz. Olovni pasaytirib, pishguniga qadar qaynatib olamiz.
Pishgan sabzavotlarni bulyondan olamiz va blenderda ezib maydalab olamiz.
Pyureni yana qayta qozondagi bulyon ustidan solamiz. Aralashtirib, qaynash darajasiga keltiramiz.
Bulyonga qaymoqni qo'shamiz, ustidan pishloqni qirg'ichdan chiqarib solamiz. Pishloq eriguniga qadar yaxshilab aralashtirib turamiz.
Qaynashni boshlaganidan so'ng olovni o'chiramiz.
Masalliqlar:
500 millilitr tovuqli bulyon | |
200 millilitr suv | |
500 gramm kartoshka | |
150 gramm piyoz | |
100 millilitr 15-20 % li qaymoq | |
70 gramm pishloq | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
birga tortish uchun grenkilar |