Kartoshkali kichik xonimchalar
Masalliqlar:
-
Xamiriga
-
500 gramm un
-
300 millilitr suv
-
bir chimdim tuz
-
asosiga
-
400 gramm kartoshka
-
300 gramm piyoz
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
qayla uchun
-
300 gramm pomidor
-
150 gramm piyoz
-
1-2 ta kashnich shoxchalari
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Biz xonimning ashaddiy muxlislari bo’lganimiz sababli, bu taomni biroz yaxshilab, uni bo’laklarga bo’lishga qaror qildik. Kartoshkali xonim suvli va mazali bo’lib pishadi.
Xonimning xamiriga tuxum solinmasligini eslab qoling, shunda u og’izda eriydigan bo’lib pishadi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 10 000 so’m.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
Xamiriga |
|
500 gramm un | |
300 millilitr suv | |
bir chimdim tuz | |
asosiga |
|
400 gramm kartoshka | |
300 gramm piyoz | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
3 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
qayla uchun |
|
300 gramm pomidor | |
150 gramm piyoz | |
1-2 ta kashnich shoxchalari | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
Xamir tayyorlaymiz
Un, suv va tuzni birlashtirib xamir qilamiz. Xamirni 10 daqiqa davomida qoramiz
Ustini yopib 20 daqiqaga tindirib qo'yamiz.
Kartoshka va piyozni mayda somoncha shaklida to'g'rab olamiz. Ustiga o'simlik yog'i quyamiz, tuz va murch sepib aralashtiramiz.
Xamirni 10-12 ta bo'laklarga bo'lib, ulardan koptokchalar hosil qilamiz.
Har bir bo'lakni qalinligi 1 millimetr keladigan qilib yoyamiz.
Ustiga o'simlik yog'ini suritib, so'ngra yupqa qilib asosini solib chiqamiz.
So'ngra asosli xamirni rulet shaklida o'rab, ruletni odatdagi xonimday o'rab chiqamiz.
Qasqonni yog'lab chiqib uni ustiga kichik xonimlarni qo'yib chiqamiz.
Qaynab turgan suvda 35 daqiqa pishirib olamiz.
Qayla tayyorlaymiz
Xonimlar pishgunicha ularga qayla tayyorlab olish kerak.
Buning uchun o'simlik yog'ida yarim halqa shaklida to'g'ralgan piyozni yumshagunicha qovurib olamiz.
To'rtburchak shaklida to'g'ralgan pomidor va maydalangan sarimsoqpiyoz solamiz. Oxirida mayda to'g'ralgan kashnich solamiz.
Masalliqlar:
Xamiriga |
|
500 gramm un | |
300 millilitr suv | |
bir chimdim tuz | |
asosiga |
|
400 gramm kartoshka | |
300 gramm piyoz | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
3 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
qayla uchun |
|
300 gramm pomidor | |
150 gramm piyoz | |
1-2 ta kashnich shoxchalari | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |