fbpx
«Kapreze» shokoladli torti

«Kapreze» shokoladli torti

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Barcha shokolad shinavandalariga mana bunday tortdan tayyorlab ko’rishni tavsiya qilamiz. U qaynoqligida shokolad bo’lagi bilan ajoyib ta’mga kirishsa, sovigandan keyin esa shokoladning bor ta’mini ochib beradi.

Bizlar tortni cheti ochilib-yopiladigan aylanasi 22 sm li qolipda pishirdik.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 60 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

150 gramm qora shokolad
100 gramm sutli shokolad
200 gramm sariyog'
150 gramm shakar
6 ta tuxum
150 gramm bodom yoki bodom uni
2 osh qoshiq kakao kukuni
Qadam 1
Tugallandi

Gaz pechini 180 C darajaga qizdiramiz. Qolipga sariyog' surtib, ozroq kakaodan sepamiz, ortiqchasini esa qoqib tashlaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Shokolad va sariyog'ni suv bug'iga qo'yib, eritib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Mikser yordamida shakar va tuxumni ko'pirtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Bodomni blenderda maydalab olib, kakao bilan birga tuxumli aralashma ustidan solamiz va aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirga sovigan shokoladlarni solib, yana bir marotaba aralashtirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tortni pechga qo'yib, 45 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Tayyor tortni qolipida sovutib, ustidan kakao sepamiz va kesib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

150 gramm qora shokolad
100 gramm sutli shokolad
200 gramm sariyog'
150 gramm shakar
6 ta tuxum
150 gramm bodom yoki bodom uni
2 osh qoshiq kakao kukuni
oldingi
Erl Grey choyi va limon solib pishirilgan keks
keyingi
Shokolad pasta solib pishirilgan kranch

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.