fbpx
«Itoniyacha taribsizlik» deserti

«Itoniyacha taribsizlik» deserti

Taomlari:

Masalliqlar:

  • Merengasi uchun:

Yo’nalishlar

Bugun sizlarni inglizcha miliy shirinlik retsepti bilan tanishtiramiz. Bunday g’aroyib nomi u Itoniya kollejinng kelib chiqishiga atab qo’yilgan.

Bunday shirinlikning klassik retsepti qulupnay bilan tayyorlanilsada, ammo mavsumga qarab, mevalarni almashtirishimiz mumkin.

Tarkibidagi bezeni o’zimiz pishirishimiz yoki tayyorini xarid qilishimiz ham mumkin.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 15 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

300 gramm qulupnay
250 gramm 35 %li yog'li qaymoq
20 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
Merengasi uchun:
2 ta tuxum oqi
130 gramm shakar
1/4 choy qoshiq tuz
Qadam 1
Tugallandi

Merengasiga

Gaz pechini 100 C darajaga yoqib qo'yamiz.

Muzdekroq tuxum oqlarini tuz bilan birgalikda mikserda yaxshilab ko'pirtirib olamiz. Ko'pirtirishni to'xtatmay, 1 osh qoshiqdan shakar sepamiz. Silliq va mustahkam massa hosil bo'ladi.

Qadam 2
Tugallandi

Pergament qog'oz to'shab, ustidan bezelarni solib chiqamiz va pechga qo'yib, 1 soat davomida pishiramiz.

Pishgandan so'ng, gazni ochmay, turib, pechning o'zida soviguniga qadar qoldiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qulupnaylarni yuvib, xohlagan shaklda kesamiz va shakar bilan aralashtirib, 1 soatga qoldiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qaymoqni esa yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Shisha bankachalarga avval merengani bo'laklarga bo'lib solamiz, so'ng qulupnayli suvi bilan birga solib, ustidan qaymoq solib chiqamiz. Idishning uzunligiga qarab, bu jarayonni bir necha bor qaytaramiz.

Qulupnay va yalpiz bargchalari bilan bezatamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

300 gramm qulupnay
250 gramm 35 %li yog'li qaymoq
20 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
Merengasi uchun:
2 ta tuxum oqi
130 gramm shakar
1/4 choy qoshiq tuz
oldingi
Qovoqchali usti ochiq pirog
keyingi
Videoretsept: shokoladli tort-muzqaymog’i

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.