«Issiq shokolad» ichimligi
Masalliqlar:
-
1 ta plitka qora shokolad
-
300 millilitr sut
-
50 millilitr yog'li qaymoq
-
1 ta tayoqcha dolchin
-
2 choy qoshiq makkajo'xori kraxmali
-
bir chimdim tuz
-
ta'bga qarab marshmello
Yo’nalishlar
Sovuq kunda issiq ichimlikka tobingiz qanday? Issiq shokolad ichimligini tayyorlab, o’zingizni xursand qiling. Uni tayyorlashdagi o’ziga xos sirlarni esa biz ochib beramiz.
Issiq shokoladning foydali tomonlari ko’p. Masalan u kayfiyatni ko’tarib, ish faoliyatini yaxshilaydi, miyani yaxshi ishlashini ta’minlab, xotirani mustahkamlashga yordam beradi.
Retseptning asosi bu shokoladdir, shuning uchun sifatli shokolad sotib olishga harakat qiling. Undagi kakao miqdori 70 % dan kam bo’lmasligi kerak.
Masalliqlar:
1 ta plitka qora shokolad | |
300 millilitr sut | |
50 millilitr yog'li qaymoq | |
1 ta tayoqcha dolchin | |
2 choy qoshiq makkajo'xori kraxmali | |
bir chimdim tuz | |
ta'bga qarab marshmello |
Ikki osh qoshiq muzdek sutga kraxmal solib aralashtiramiz va chetga olib qo'yamiz.
Idish olamiz va unga qolgan sutni solamiz.
Asosiysi sut qaynab ketmasligi kerak.
Shokolad qirg'ichning mayda tishchasidan o'tkaziladi.
Shokoladni issiq (qaynoq bo'lmagan) sutga solamiz.
Past olovda shokolad butkul eriguncha kovlab turiladi.
Shokolad erigandan so'ng unga dolchin tayoqchasi solinadi va o'zgacha ta'm bag'ishlashi uchun biroz tu, sepiladi.
Ustidan kraxmal va sutli aralashma solinadi va yaxshilab aralashtiriladi.
Aralashma biroz quyuqlashgunigacha taxminan 5-7 daqiqa davomida qaynatiladi.
Tayyor ichimlik idishlarga quyiladi va ta'bga qarab marshmello bilan bezatiladi.
Yangidan yangi ma'lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 ta plitka qora shokolad | |
300 millilitr sut | |
50 millilitr yog'li qaymoq | |
1 ta tayoqcha dolchin | |
2 choy qoshiq makkajo'xori kraxmali | |
bir chimdim tuz | |
ta'bga qarab marshmello |