fbpx
Ismaloq solib pishirilgan tovuqli kotletlar

Ismaloq solib pishirilgan tovuqli kotletlar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Ismaloq solib pishiriladigan tovuqli kotletlar umuman takrorlanmas ta’mni kasb etadi desak, hech ham mubolag’a bo’lmaydi.

Bunday kotletlarni qaynatilgan guruch yoki kartoshkali pyure bilan birga tortish mumkin.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 25 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

600 gramm tovuq filesi
1 bog' ismaloq
1 dona tuxum
1 osh qoshiq un
1 choy quritilgan qalampir (paprika)
0.5 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
ta'bga qarab tuz va murch
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Ismaloqni yuvib, qattiq poyachalarini kesib tashlaymiz. Barglarining ustidan qaynoq suv quyib, so'ng turli suzgichga solib, suvini oqizib tashlaymiz.

Barglarini o'rtacha kattalikda to'g'rab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tovuq go'shtini mayda to'g'rab olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tog'orachaga go'sht, ismaloq, tuxum va ziravorlarni solib, aralashtirib olamiz.

Unni sepib, yaxshilab aralashtiramiz va kotletchalar yasab olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tovaga yog' solib qizdiramiz va kotletlarni har bir tarafini taxminan 3 daqiqadan qovurib olamiz. Ehtiyojga qarab, qopqog'ini yopib, ozroq dimlaymiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.m

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

600 gramm tovuq filesi
1 bog' ismaloq
1 dona tuxum
1 osh qoshiq un
1 choy quritilgan qalampir (paprika)
0.5 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
ta'bga qarab tuz va murch
qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
Qaynatma shokoladli kremli krostata
keyingi
Achma

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.