Ismaloq bilan pishiriladigan tovuq
Masalliqlar:
-
4 dona tovuq filesi
-
100 gramm brinza yoki pishloq
-
500 gramm pomidor
-
yarim bog' ismaloq
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
2-3 osh qoshiq o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Bunda usulda pishirilgan tovuq go’shti juda mayin va sersuv bo’lib pishadi, ismaloqlarning solinishi esa unga umuman o’zgacha maza bag’ishlaydi.
Bu taom juda tez va oson tayyorlanilishi bilan esa, har bir bekalarimizga manzur keladi.
Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 45 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
4 dona tovuq filesi | |
100 gramm brinza yoki pishloq | |
500 gramm pomidor | |
yarim bog' ismaloq | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
2-3 osh qoshiq o'simlik yog'i |
Tovuq go'shtini yuvib, quritamiz.
Tovuq go'shtlarini yon tomonidan kesib olamiz. Bunda ularning o'rtasida "cho'ntakchalar" hosil bo'lishi kerak.
Hosil bo'lgan "cho'ntak"chalarga bir nechta pishloq bo'lagi, yupqa qilib to'g'ralgan pomidor va bir nechta ismaloq bargidan solib chiqamiz. Chetini esa tishkovlagich yordamida birlashtiramiz.
Tovaga yog' quyib, ularni ikkala tomonini qizartirib qovurib olamiz.
Qolipga qolgan pomidorni qirg'ichdan chiqarib solamiz, tuz va murch sepib, tovuq go'shtini terib chiqamiz.
180 C darajada qizigan pechda 35-40 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
4 dona tovuq filesi | |
100 gramm brinza yoki pishloq | |
500 gramm pomidor | |
yarim bog' ismaloq | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
2-3 osh qoshiq o'simlik yog'i |