Guruchli puding
Masalliqlar:
-
250 millilitr sut
-
60 gramm yumaloq donli guruch
-
25 gramm sariyog'
-
20 gramm mayiz
-
2 ta tuxum
-
1 osh qoshiq shakar
-
ta'bga qarab vanilin
Yo’nalishlar
Guruchdan tayyorlaniladigan juda mayin puding siz va oila a’zolaringiz uchun yangi bir nonusha bo’lsa ajab emas. Ayniqsa, guruchli bo’tqa yeyishni xohlamaydigan bolajonlar uchun ayni muddao!
Tez tayyorlaniladigan bu pishiriqni kechqurun tayyorlab qo’yib, ertalabga biroz isitib, iste’mol qilishingiz mumkin. Guruchli puding ta’m jihatidan guruchli bo’tqaga o’xshab ketmaydi, balki mayin xuddi biskvitdek chiqadi desak ham adashmaymiz. Guruchli pudding uchun kraxmalga boy bo’lgan dumaloq guruchdan foydalaning.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 6 500 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi maqola chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.
Masalliqlar:
250 millilitr sut | |
60 gramm yumaloq donli guruch | |
25 gramm sariyog' | |
20 gramm mayiz | |
2 ta tuxum | |
1 osh qoshiq shakar | |
ta'bga qarab vanilin |
Mayizni issiqroq suvga solib, birozga ivitib qo'yamiz. Shunda pishirilganda ham mayiz yumshoqroq chiqadi.
Qozonchaga sariyog'ni solib eritamiz va ustidan guruchni solamiz.
Guruch tillarangga kirgunicha qovurib olamiz. Qovurish jarayonida muntazam aralashtirib turishni unutmaymiz.
So'ng ustidan sutni solamiz va 5-7 daqiqa guruchni qaynatib pishiramiz.
Bu vaqt mobaynida u yumshaydi, ammo yopishqoq bo'lib qolmaydi.
Tuxum oqini sarig'idan ajratamiz.
Tuxum sarig'iga shakar solib, oqargunicha mikserda yaxshilab ko'pirtiramiz.
Gaz ustidan guruch solingan sutni olib, ichiga ko'pirtirilgan tuxum sarig'ini solib tezda aralashtiramiz.
Uning ko'rinishi xuddi kremdek bo'lib qoladi.
Mayizni suvini to'kib tashlab, o'zini qo'lda siqib ortiqcha suyuqligidan qutulamiz.
Tuxum oqlarini alohida idishda yaxshilab ko'pirtiramiz.
Ko'pirtirilgan tuxum oqlarini ham bir osh qoshiqdan solib, ehtiyotkorlik bilan aralashtiramiz.
Shu holatda tuxum oqini hammasini solib chiqamiz.
Pudingga mo'ljallanilgan qolipchalarga sariyog' surtamiz va ichiga undan quyib chiqamiz. Aytgancha, guruchli pudding uchun sizda kichkina qolipchalar bo'lmasa, unda ularni katta bir qolipda pishirish mumkin.
170 darajali haroratda 20-30 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pudingni katta qolipda pishirmoqchi bo'lsangiz, shuni unutmangki, uni uzoqroq vaqt davomida pishirasiz. Bunda usti tillarangga kiradi.
Ta'bga qarab ustini shakar upasi sepib bezating.
Bu pishiriqni issiqligida ham, sovuqligida ham iste'mol qilishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.