Gaz pechida pishirilgan mazali no’xat
Masalliqlar:
-
1 stakan no'xat
-
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
-
yarim choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
-
1 choy qoshiq karri ziravori
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Bugun yana sizlarni noodatiy, lekin juda mazali chiqadigan yegulik bilan xursand qilamiz. Gaz pechida tobida qizarib pishgan no’xatlar sizga yoqishi aniq.
Har xil ziravorlar solib, har safar yangicha ta’mlarga ega bo’lishingiz mimkin.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 6 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
1 stakan no'xat | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni | |
yarim choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
1 choy qoshiq karri ziravori | |
ta'bga qarab tuz va murch |
No'xatni sovuq suvda bir necha soatga yoki bir kechaga ivitib qo'ying.
So'ng suvini to'kib, no'xatni yuving, ustidan sovuq suv quyib, pishgunicha qaynating.
Ortiqcha suvini to'kib tashlang.
Barcha ziravorlarni yog' ichiga solib, aralashtiramiz.
No'xatni tog'orachaga solamiz va ustidan yog'li aralashmani solamiz. Gaz patnisiga pergament qog'oz to'shab, ustidan no'xatni tekis qilib solamiz.
200 C qizdirilgan gaz pechida 40-45 daqiqa qizargunicha pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 stakan no'xat | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni | |
yarim choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
1 choy qoshiq karri ziravori | |
ta'bga qarab tuz va murch |