fbpx
  • Asosiy
  • Edison kafesidan retsept: teriyaki qaylasida pishirilgan tovuq va guruchli lapsha
Edison kafesidan retsept: teriyaki qaylasida pishirilgan tovuq va guruchli lapsha

Edison kafesidan retsept: teriyaki qaylasida pishirilgan tovuq va guruchli lapsha

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Edison kafesi bugun Zira.uz o’quvchilariga o’zining ajoyib retseptlaridan birini taqdim etadi.Ajoyib qaylada pishiriladigan guruchli lapsha va tovuqli bu taom teriyaki qaylasida pishiriladigan bu taom ularning taomnomasida yaqindagina paydo bo’lgan bo’lsada, allaqachon ko’pgina muxlislarga ega bo’lgan ekan. Shu sabab ham bizlar qiziqdik va Edison xodimlari ilk marotaba bu retseptni taqdim qilishga rozi bo’lishdi.

Masalliqlar:

Portsiya:
45 gramm tovuq go'shti (lahm)
90 gramm guruchli lapsha
30 gramm qovoqcha
30 gramm har xil rangli bulg'or qalampiri
30 gramm qizil sabzi
30 gramm piyoz
10 gramm pomidor
yarimta sarimsoqpiyoz tishchasi
25 gramm o'simlik yog'i
10 gramm teriyaki qaylasi
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Guruchli lapshani qaynatib olamiz. Taxminan 15 daqiqa. Suvini to'kib, yopishib qolmasligi uchun ozroq sariyog' solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tovada yog'ni qizdiramiz. Tovuq filesini qizartirib qovuramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ustidan somoncha shaklda to'g'ralgan sabzi va mayda to'g'ralgan piyozni solamiz. Muntazam aralashtirib turib kovlaymiz. Uzuzn somoncha to'g'ralgan bulg'or qalampiri va qovoqchani solamiz. Birgalikda taxminan 1 daqiqa qovuramiz.

Qadam 4
Tugallandi

To'rtburchak to'g'ralgan pomidor va mayda to'g'ralgan sarimsoqpiyozni solamiz. Aralashtirib qovuramiz va ustidan teriyaki qaylasini ham solamiz. Bir necha marotaba aralashtiramiz va gaz ustidan olamiz. Likopchaga solib ustiga ko'k piyoz va sedana urug'laridan sepamiz. Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • 30 daqiqa
  • Portsiya 2
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
45 gramm tovuq go'shti (lahm)
90 gramm guruchli lapsha
30 gramm qovoqcha
30 gramm har xil rangli bulg'or qalampiri
30 gramm qizil sabzi
30 gramm piyoz
10 gramm pomidor
yarimta sarimsoqpiyoz tishchasi
25 gramm o'simlik yog'i
10 gramm teriyaki qaylasi
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Qulupnay, yalpiz va bananli smuzi
keyingi
Pishirilgan gulkaram

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.