Bulg’or qalampiri bilan pishirilgan kartoshka
Masalliqlar:
-
500 gramm kartoshka
-
1 ta qizil bulg'or qalampiri
-
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
1 choy qoshiq italyancha xushbo'y ziravorlar
-
0.5 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
-
3-4 shoxcha ko'k piyoz
-
6 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Bu retsept asosida tayyorlangan kartoshkalarning usti qarsildoq, ichi esa yumshoqina bo’lib pishadi. Bunday yegulik har qanday taomga, ayniqsa go’shtli taomlarga ajoyib qo’shimcha bo’la oladi.
Ko’p vaqt va mablag’ni talab etmaydigan ygulikdan tayyorlab ko’rishni tavsiya qilamiz.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 9 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
500 gramm kartoshka | |
1 ta qizil bulg'or qalampiri | |
3 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
1 choy qoshiq italyancha xushbo'y ziravorlar | |
0.5 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni | |
3-4 shoxcha ko'k piyoz | |
6 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Kartoshkani yuvib, archamiz va to'rtburchak qilib to'g'raymiz. Sarimsoq piyozni po'stidan tozalab, butunligicha kartoshkalarning ustidan solamiz.
Bulg'orini ham xuddi shunday kattalikda to'g'rab, masalliqlarning ustidan solamiz.
Mahsulotlarning ustidan xushbo'y ziravorlar, sarimsoq piyoz kukuni, tuz va murch sepamiz.
Ko'k piyozni yarmini to'g'rab solamiz va yog'ni ham quyamiz. Yaxshilab aralashtirib olamiz.
Patnisga terib, 190 C darajada qizigan pechda 30-35 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
500 gramm kartoshka | |
1 ta qizil bulg'or qalampiri | |
3 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
1 choy qoshiq italyancha xushbo'y ziravorlar | |
0.5 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni | |
3-4 shoxcha ko'k piyoz | |
6 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
ta'bga qarab tuz va murch |