Batafsil fotoretsept: Koreyscha kim-pab rollarini uyda tayyorlash
Masalliqlar:
-
1 o'ram Kim bargi
-
500 gramm guruch
-
1/3 piyola o'simlik yog'i
-
1 tishcha sarimsoqpiyoz
-
0.5 choy qoshiq qora murch
-
1.5 choy qoshiq tuz
-
Asosiga:
-
1-2 dona qizil sabzi
-
2-3 ta bodring
-
2 ta tuxum
-
1 bog' ko'k piyoz
-
100 gramm qizil baliq
-
100 gramm dudlangan kolbasa
-
4-5 dona qisqichbaqa tayoqchalari
Yo’nalishlar
Kim-pab janubiy Koreya oshxonasining milliy taomi hisoblanadi. Bunday taomning tayyorlash usullari juda ham ko’p bo’lib, bugun sizlarga ulardan bir turini ko’rsatib beramiz.
Bunday noodatiy taom tayyorlab yaqinlaringizni hayratlantiring va pazandachilik san’atidagi tajribangizni oshiring.
Masalliqlar:
1 o'ram Kim bargi | |
500 gramm guruch | |
1/3 piyola o'simlik yog'i | |
1 tishcha sarimsoqpiyoz | |
0.5 choy qoshiq qora murch | |
1.5 choy qoshiq tuz | |
Asosiga: |
|
1-2 dona qizil sabzi | |
2-3 ta bodring | |
2 ta tuxum | |
1 bog' ko'k piyoz | |
100 gramm qizil baliq | |
100 gramm dudlangan kolbasa | |
4-5 dona qisqichbaqa tayoqchalari |
Barcha kerakli masalliqlarni tayyorlab olamiz.
Guruchni tayyorlaymiz:
Guruchni iloji bo'lsa "Alanga" navidan olamiz, yaxshilab yuvib, 10-15 daqiqa sovuq suvga ivitib qo'yamiz.
So'ng guruchni qaynatadigan idishga solamiz va ustidan suv quyamiz. Suv guruchdan taxminan yarim santimetr oshiqroq bo'lsin. Baland olovda qaynatamiz. Suvini yarmini shimgandan so'ng olovni sal pasaytiramiz va qopqog'ini yopib, 7-10 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Sarimsoqpiyozni olib mayda to'g'raymiz yoki ezamiz, idishga solamiz ustidan tuz va nurch sepib hammasini yaxshilab aralashtiramiz. Sarimsoqpiyozning sharbati iloji boricha chiqishi kerak.
Tuxumni idishga solib aralashtiramiz va tovada ikki tomonidan ham qovurib olamiz. Sovigandan so'ng esa olib uzun lentalarga o'xshab taxminan 1-1.5 sm qalinlikda kesib chiqamiz.
Bodring, kolbasa, qisqichbaqa tayoqchalari va qizil baliqni uzunchoq shaklda kesib chiqamiz. Qalinligi 7 mm dan oshmasin. Ko'k piyozni ham teng o'rtasidan bo'lamiz.
Barcha kerakli masalliqlarni qo'l ostingizga qo'ying. Bitta piyolada oddiy suv ham qo'ying, u qo'llarni ho'llab olishda kerak bo'ladi.
Rollarni o'rash uchun sinofka ya'ni maxsus taxtakach kerak bo'ladi, agarda u sizda mavjud bo'lmasa, unda oddiy oziq-ovqat pelyonkasidan foydalaning.
Pelyonkani taxtakach ustiga to'shab, ustidan kim bargini solasiz. Ustidan qaynatilgan guruchni bir tekisda solib chiqasiz. Bargning tepa tomoni 2-3 sm atrofida bo'sh qolsin.
Tayyor rollarni soya qaylasi bilan dasturxonga tortishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 o'ram Kim bargi | |
500 gramm guruch | |
1/3 piyola o'simlik yog'i | |
1 tishcha sarimsoqpiyoz | |
0.5 choy qoshiq qora murch | |
1.5 choy qoshiq tuz | |
Asosiga: |
|
1-2 dona qizil sabzi | |
2-3 ta bodring | |
2 ta tuxum | |
1 bog' ko'k piyoz | |
100 gramm qizil baliq | |
100 gramm dudlangan kolbasa | |
4-5 dona qisqichbaqa tayoqchalari |
4 Sharhlar Hide Comments
Guruchlari yopishib cqadimi man organganimda guruchga karesky guruchi sirkasi qoshiladi diyishgandi?
Assalomu aleykum, Mavzuna! Bizning yo’riqnomalarga asoslansangiz, guruchlari yopishmay chiqadi.
Assalomu aleykum Zira.uz azolar Kim pab juda chiroyli chiqibdi qullariz dard kurmasin Koreyada kim pabni boshqacha usulda tayyorlaymiz endi siz tayyorlagan usulda ham qilib kuraman.Ishlarizga omad mazzali ovqatlar retsepini chiqarishda charchamela ilohim☺
Assalomu alyekum! ajoyib izohingiz uchun tashakkur!