fbpx
Batafsil fotoretsept: sushi tort

Batafsil fotoretsept: sushi tort

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Agar roll o’ragani vaqtingiz bo’lmasa yoki erinsangiz, bu tez «Filadelfiya» rollari tayyorlash usulini taqdim etamiz. Ta’bga ko’ra masalliqlarni o’zgartirish, va yangi ta’mlar hosil qilish  mumkin. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 95 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
100 gramm yumaloq donli guruch
15 millilitr guruch sirkasi
1 choy qoshiq shakar
0,5 choy qoshiq tuz
200 gramm tuzlangan losos balig'i filesi
200 gramm tvorogli pishloq
2 dona nori bargi
30 gramm bodring
30 gramm avokado
bezak uchun kunjut
Qadam 1
Tugallandi

Barcha masalliqlarni tayyorlaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Idishda guruch sirkasi, shakar va tuzni aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Guruchni yaxshilab yuvib, pishiramiz. Sirkali aralashmani qo’shib, aralashtiramiz va sovutamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Losos balig’i, bodring va avokadoni mayda kubik shaklida to’g’raymiz.

Qadam 5
Tugallandi

15 sm diametrlik qolipga, chetlari chiqib turadigan qilib, ozuqa plyonkasini solamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Masalliqlarni qavat-qavat solamiz: losos, guruch, tvorogli pishloq, nori qog’ozi, losos, bodring, avokado, guruch, tvorogli pishloq va nori qog’ozi,

Qadam 7
Tugallandi

Kesayotganda buzilib ketmasligi uchun, barcha masalliqlarni yaxshilab bosib joylashtirish kerak.

Qadam 8
Tugallandi

Plyonka chetlarini o’rab, 30 daqiqaga sovutgichga qo’yamiz. ⠀

Qadam 9
Tugallandi

Tayyor sushi-tortni tarelkaga oylantirib tushirib, plyonkasini yechamiz. Dasturxonga tortishdan oldin kunjut bilan bezatamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat
  • Portsiya 2
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
100 gramm yumaloq donli guruch
15 millilitr guruch sirkasi
1 choy qoshiq shakar
0,5 choy qoshiq tuz
200 gramm tuzlangan losos balig'i filesi
200 gramm tvorogli pishloq
2 dona nori bargi
30 gramm bodring
30 gramm avokado
bezak uchun kunjut
oldingi
Videoretsept: plombir kremli shokoladli «Medovik»
keyingi
Pomidor qaylasi va motsarella bilan pishirilgan baqlajonlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.