fbpx
Batafsil fotoretsept: shaftolili pirog

Batafsil fotoretsept: shaftolili pirog

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Shaftoli qo’shilgan oson va mazzali pirog tayyorlash usuli. Bu xamirga istagan meva va rezavor mevalarni qo’shish mumkin, ammo shaftoli mavsumida ushbu xushbo’y va shirin meva bo’lakchalari bilan pishirishni tavsiya qilamiz. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 25 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
2 ta tuxum
150 gramm shakar
1 osh qoshiq asal
220 millilitr smetana
110 gramm eritilgan sariyog'
1 choy qoshiq vanilin
250 gramm un
2 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
bir chimdim tuz
3 ta katta shaftoli
Qadam 1
Tugallandi

Barcha masalliqlarni tayyorlaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

22 sm diametrlik qolipga pergament qog’ozini solib, 1 osh qoshiq o’simlik yog’i surtamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Chuqur idishda shakar va tuxumni oqartirib ko’pirtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Sovutilgan eritilgan sariyog’, smetana, asal va vanilin qo’shib ko’pirtirishni davom etamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Un, qabartma va tuz qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Shaftolini o’rtasidan bo’lib, danagidan tozalaymiz. 2 ta shaftolini o’rtacha kubik shaklida to’g’raymiz. 1 ta shaftolini katta parraklarga kesamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Kubik shaklidagi shaftolilarni xamirga qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Xamirni qolipga solib tekkislaymiz. Ustiga shaftoli parraklarini terib chiqamiz.

Qadam 9
Tugallandi

180C gacha qizdirilgan pechda 30-35 daqiqa davomida pishiramiz. Tayyorligini taxta tayoqcha yordamida tekshiramiz.

Qadam 10
Tugallandi

Tayyor pirogni sovugandan so’ng bo’laklarga kesamiz. Istakga ko’ra shakar upasi bilan bezatamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 180C-190C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
2 ta tuxum
150 gramm shakar
1 osh qoshiq asal
220 millilitr smetana
110 gramm eritilgan sariyog'
1 choy qoshiq vanilin
250 gramm un
2 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
bir chimdim tuz
3 ta katta shaftoli
oldingi
Videoretsept: tvorogli pishloq bilan qovoqchadan ruletlar
keyingi
Rayhonlik yog’

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.