fbpx
Baqlajonli sersuv burgerlar

Baqlajonli sersuv burgerlar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Burgerlar — piknikga chiqqanda yoki bolajonlarni xursand qilishda tayyorlash mumkin bo’lgan eng mazali yeguliklardan biridir. Bizning bugungi burgerimiz kotlet va baqlajonlar bilan birga tayyorlanilib, juda sersuv bo’lib chiqadi.

Burgerlar uyda, yangi mahsulotlardan tayyorlanilganda, u nafaqat mazali, balki foydali «fast-food» hisoblanadi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 40 000 so’m pul sarflanadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Qadam 1
Tugallandi

Qiymaga tuz va murch sepib, aralashtirib olamiz. So'ng bir necha daqiqa yaxshilab "urib chiqamiz" ya'ni to'mtoqlaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Aylana shakldagi yupqaroq kotletchalar yasab, 1 soatga sovutgichga qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Kotletlarni olib, ikkala tomonini ham qizartirib, qovuramiz. Qovurib olganimizdan so'ng issiqligida pishloq bo'laklarini kotletlar ustidan qo'yib chiqamiz. Shunda ular erib, yanada mazaliroq bo'lib chiqadi.

Qadam 4
Tugallandi

Qaylasini tayyorlab olamiz. Mayonez, ketchup, sarimsoq piyoz, xantal donachalarini bitta idishga solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tovaga ozroq zaytun yog'i solib, baqlajonlarni qovuib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Burgerlarga mo'ljallangan bulochkalarni ikkiga bo'lib, quruq tovada qovurib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Bulochkaning pastgi qismiga qayladan surtib, baqlajon bo'laklarini qo'yib chiqamiz. So'ng esa pishloqli kotlet va salat bargini joylashtiramiz. Salat bargining ustidan to'g'ralgan pomidor va bodringlarni teramiz. Bulochkaning ustki qismiga ham qayla surtib, burger ustini yopamiz va cho'pcha (shpajka) bilan mustahkamlaymiz.

Qadam 8
Tugallandi

Burgerlar ham tayyor, yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url
oldingi
Tvorog-smetanali toblatma
keyingi
Frikadelkali turkcha sho’rva

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.