fbpx
Banoffi – banan va karamelli pirog

Banoffi – banan va karamelli pirog

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Banoffi – bu inglizcha, pishirishni talab qilmaydigan juda mazali pirog. Karamel va bananlarning betakror uyg’unligi, ustidagi ko’pirtirilgan qaymoqli kremi bilan yuragingizdan joy olishi aniq.

Bu pishiriq uchun kerak bo’luvchi tuzli karamelni bir kun oldin tayyorlab qo’ysangiz yaxshiroq bo’ladi, chunki turgan karamel yanada mazaliroq chiqadi. Bunday karamelni tayyorlashni biz sal oldinroq ko’rsatib bergan edik.  Agar karamel tayyor bo’lsa, unda qolganiga bor yo’gi 15 daqiqa vaqtingiz ketadi.

Qanchalik o’zimizni bu shirinlikni darhol yeyishdan tiyish qiyin bo’lsada, ammo shunga majburmiz.  Faqat 4-5 soat sovutgichda saqlanganidan keyingina bu shirinlikni kesamiz va dasturxonga tortamiz.

Masalliqlar:

Portsiya:
250 gramm pechenye pesochnoe
120 gramm sariyog'
200 millilitr tuzli karamel
2 dona banan o'rtacha
250 millilitr yog'li qaymoq
1 osh qoshiq shakar kukuni
1 choy qoshiq vanil ekstrakti
Qadam 1
Tugallandi

Pechenyeni blenderda ezamiz, agarda blender bo'lmasa unda o'qloq yordamida maydalaymiz.

Pechenyeni xohishga qarab tanlayvering - shokoladli, sariyog'li farqi yo'q.

Qadam 2
Tugallandi

Sariyog'ni eritib, pechenyeni ustiga solamiz.

Bir xil holatga kirgunicha aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Aylanasi 18 sm li qolip olamiz va tagiga pergament qog'oz to'shaymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Pechenyeli aralashmani qolipga joylaymiz.

Qolipni chetlariga ham xuddi rasmdagidek pechenyedan qotirib chiqamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Pechenyeli qolipni bir soatga sovutgichga qo'yamiz, agar shoshilayotgan bo'lsangiz, unda 15-20 daqiqaga muzxonaga qo'ying.

Qadam 6
Tugallandi

So'ng olib ustidan karamelli qayla surtammiz va ustini tekislaymiz.

Keyin to'g'ralgan bananlarni ikki qator qilib terib chiqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Muzdek qaymoqni olib shakar upasi va vanil ekstrakti solamiz va yaxshilab ko'pirtiramiz. Ustida gul hosil bo'lsa krem tayyor bo'lgan hisoblanadi. (Agarda siz shirinroq krem chiqishini xohlasangiz, unda ko'proq shakar upasidan foydalaning).

Bananlarni ustiga pishiriq qopchasi yordamida krem chiqarib bezatiladi.

Qadam 8
Tugallandi

Shirinlikni 4-5 soatga sovutgichga qo'yamiz, iloji bo'lsa bir kechaga qoldirsangiz juda a'lo bo'ladi.

Tayyor shirinlikni qolipidan xalos etamiz va dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • Portsiya 6
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
250 gramm pechenye pesochnoe
120 gramm sariyog'
200 millilitr tuzli karamel
2 dona banan o'rtacha
250 millilitr yog'li qaymoq
1 osh qoshiq shakar kukuni
1 choy qoshiq vanil ekstrakti
oldingi
Qo’ziqorinli pashtet
keyingi
Videoretsept: Shokoladli maffinlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.