fbpx
Bananli parhezbop keks

Bananli parhezbop keks

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Mana bunday ishtahaochar ko’rinishli keksdan hatto parhez tutvchilar ham qo’rqmasdan iste’mol qilishlari mumkin bo’lib, tayyorlash jarayoni ham juda oson kechadi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 12 000 so’m sarf qilinadi.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

2 ta banan
150 gramm guruch uni
50 gramm kakao
4 ta tuxum
1 choy qoshiq qabartma
50 gramm sut
bir chimdim vanilin
xohishga qarab shirin qiluvchi moddalar "подсластитель" yoki shakarning o'zi
Qadam 1
Tugallandi

Bananlarni ezib, pyuresimon holatga keltiramiz. Ustidan tuxumlarni chaqib solamiz va sutni quyamiz. Mikser yordamida 1 daqiqa davomida aralashtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Alohida idishga esa barcha quruq masalliqlarni solamiz: un, kakao, vanilin, qabartma va shirin ta'm beruvchi parhezbop qo'shimchalar (parhez tutmaydiganlar esa bemalol shakardan solishlari mumkin). Shirin ta'm beruvchi moddalar sifatida steviya, fitparad yoki shunga o'xshash boshqa mahsulotlardan foydalanish mumkin.

Qadam 3
Tugallandi

Ikkita tog'orachadagi mahsulotlarni birlashtirib, bir marta aralashtirib olamiz. Yog'langan qolipga quyib, 180 C darajada qizigan pechda 30-35 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

2 ta banan
150 gramm guruch uni
50 gramm kakao
4 ta tuxum
1 choy qoshiq qabartma
50 gramm sut
bir chimdim vanilin
xohishga qarab shirin qiluvchi moddalar "подсластитель" yoki shakarning o'zi
oldingi
Kartoshkali krem-sho’rva
keyingi
Shirqovoq – guruch va qovoqli bo’tqa

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.