fbpx
Achma

Achma

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Achma — bu qatlama xamir va tuzli pishloq solib tayyorlaniladigan eng mazali gruzincha taomlardan biri hisoblanadi. Odatda uni bayram yoki tadbirlarda kattaroq hajmda tayyorlashadi.

Bunday pirogdan bir marotaba ta’tib ko’rib, uning ta’mini ancha vaqtgacha unuta olmaysiz.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 50 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Xamiriga:
400 gramm un
2 ta tuxum
100 millilitr suv
1/4 choy qoshiq tuz
20 millilitr o'simlik yog'i
Asosiga:
80 gramm sariyog'
450 gramm "suluguni" pishlog'i brinza yoki motsarella pishlog'idan solish ham mumkin
Qadam 1
Tugallandi

Tog'orachaga un, tuz, tuxumni solamiz. Ustidan iliq suv va o'simlik yog'ini quyib, xamir qorib olamiz. Xamirni 5 daqiqa yaxshilab mushtlaymiz. Xamir zuvalasini yelim xaltaga solib, 30 daqiqa tindirib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qozonga suv va tuz solib, qaynatib olamiz. Bu suvda xamirlarni qaynatib olamiz. Pishloqni qirg'ichdan chiqarib olamiz. Sariyog'ni eritib, qolipni yaxshilab yog'laymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirni yettita bo'lakka bo'lamiz. Ularning bittasi boshqalariga nisbatan sal kattaroq bo'lsin. Xamirning katta bo'lagini yupqa qilib yoyamiz. Bunda xamir chetlari qolipdan anchagina osilib turishi lozim.

Qadam 4
Tugallandi

Xamir bo'laklarini hammasini yoyib, bitta-bittadan qaynagan suvga solamiz va 1 daqiqadan qaynatib, darhol sovuq suv solingan tog'orachaga solamiz. So'ng, to'rli suzgich yordamida xamirlarni suvini oqizib yuboramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Kattaroq xamir bo'lagini qolipga to'shab, ustidan sariyog' surtamiz va pishloqning 1/6 qismini solamiz. Qolgan xamir bo'laklari bilan ham xuddi shu jarayonni bajaramiz. Xamirlarni ustma-ust to'lqinsimon ko'rinishda yopamiz. Eng pastdagi xamir bilan ustini yetgunicha yopib, sariyog' surtamiz.

Qadam 6
Tugallandi

170 C darajada qizigan pechda 40 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
400 gramm un
2 ta tuxum
100 millilitr suv
1/4 choy qoshiq tuz
20 millilitr o'simlik yog'i
Asosiga:
80 gramm sariyog'
450 gramm "suluguni" pishlog'i brinza yoki motsarella pishlog'idan solish ham mumkin
oldingi
Ismaloq solib pishirilgan tovuqli kotletlar
keyingi
Yalpizli aralashma qo’shib tayyorlangan salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.