SalSal restoranidan retsept: Xolvaytar shirinligi
Masalliqlar:
-
Xolvaytar:
-
100 gramm un
-
50 gramm sariyog'
-
20 gramm shakar
-
50 gramm anjirli qiyom
-
Xamiriga:
-
150 gramm un
-
50 millilitr sut
-
100 gramm sariyog'
-
10 gramm shakar
-
1-2 gramm apelsin po'sti
Yo’nalishlar
Bugun SalSal restorani o’z mualliflik retsepti bo’lmish xolvaytar shirinligini qanday tayyorlanilishini Zira.uz sahifasining a’zolari bilan bo’lishadi.
Xolvaytar so’zma-so’z suyuq xolva degan ma’noni bildiradi. Bu milliy shirinlik azal-azaldan beri tayyorlanib kelinadi. Bu shirinlik SalSal restoranida yangicha va noodatiy ko’rinishda qanday tayyorlanilishini esa, restoranning bosh oshpazi Farrux Ulug’jonov gapirib beradi.
Masalliqlar:
Xolvaytar: |
|
100 gramm un | |
50 gramm sariyog' | |
20 gramm shakar | |
50 gramm anjirli qiyom | |
Xamiriga: |
|
150 gramm un | |
50 millilitr sut | |
100 gramm sariyog' | |
10 gramm shakar | |
1-2 gramm apelsin po'sti |
Xolvaytyar
Tovani qizdiramiz, unni solib to'q tillarangga kirgunicha qovurib olamiz. Tinmasadan aralashtirib turamiz.
Ustidan 50 gramm shakar va 20 gramm anjirli qiyomni solamiz. Venchikda 2-3 daqiqa tinmasdan aralashtirib olamiz. Gazdan olamiz va sovutamiz.
Sovigan xolvaytarni pishiriq qopchasiga solamiz va sovutgichga olib qo'yamiz.
Xamiri
Bitta idishga un, sut, sariyog', shakar va apelsin po'stini solib aralashtiramiz va xamir qoramiz. 15 daqiqaga tindirib qo'yamiz.
Xamirni 0,5 sm qalinlikda yoyib olamiz va aylana qolipcha yordamida kesib chiqamiz.
160° C haroratda 12 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Masalliqlar:
Xolvaytar: |
|
100 gramm un | |
50 gramm sariyog' | |
20 gramm shakar | |
50 gramm anjirli qiyom | |
Xamiriga: |
|
150 gramm un | |
50 millilitr sut | |
100 gramm sariyog' | |
10 gramm shakar | |
1-2 gramm apelsin po'sti |