fbpx
Tvorogli pechenyelar

Tvorogli pechenyelar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bugun sizlarga nihoyatda mayin va mazali tvorogdan pishiriladigan pechenyelarni tayyorlashni tavsiya qilamiz. Usti qarsildoq, ichi esa qat-qat bu pishiriqlar sizga albatta yoqadi!

Quyidagi masalliqlarimizdan esa 16-18 dona pechenyelar hosil bo’ladi.

Masalliqlar:

200 gramm tvorog
100 gramm sariyog'
150 gramm un
10 gramm qabartma
1 choy qoshiq vanil
bir chimdim tuz
8 osh qoshiq shakar
Qadam 1
Tugallandi

Tvorog va yumshagan sariyog'ni idishga solib, sanchiq bilan ezib chiqamiz.

Agar tvorog juda ham yo'g'on bo'lsa, unda uni blender yordamida maydalang.

Qadam 2
Tugallandi

Unni belab oling va ustidan qabartmani ham soling.

Tvorogni ustidan unli aralashmani oz-ozdan solasiz.

Qadam 3
Tugallandi

Yumshoq, lekin qo'lga yopishmaydigan xamir qoramiz.

Un kamroq yoki ko'proq ham ketishi mumkin, bu tvorogga ham bog'liq.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni oziq-ovqat pelyonkasiga o'rab, 40-60 daqiqaga sovutgichga qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

So'ng xamirni olib, 3 mm qalinlikda yoyib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Aylana qolipcha yordamida xamirni kesib chiqamiz. Qolipchaning aylanasi taxminan 9 sm bo'lishi kerak.

Qadam 7
Tugallandi

Likopchaga shakar solamiz va xamirchalarni bir tomonini shakarga bulg'ab olamiz. So'ng shakarli tomonini ikkiga bukamiz.

So'ng ularni har birini yana ikkiga bukamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Bir tomonini shakarga botirib olamiz va pergament qog'oz to'shalgan patnisga shakarli tomonini ustiga qilib, terib chiqamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Pechenyelarni 200 C darajada qizdirilgan gaz pechida 12-15 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Pechenyelarni gaz pechi panjarasiga qo'yib sovutamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

200 gramm tvorog
100 gramm sariyog'
150 gramm un
10 gramm qabartma
1 choy qoshiq vanil
bir chimdim tuz
8 osh qoshiq shakar
oldingi
Rukkola, rediska va pomidordan salat
keyingi
Ko’katli to’rtburchaklar (bichak)

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.