Mikroto’lqinli pechda pishirilgan olmalar
Masalliqlar:
-
2 ta olma
-
50 gramm yong'oq
-
50 gramm quritilgan olxo'ri
-
3 osh qoshiq asal
-
1 choy qoshiq dolchin
Yo’nalishlar
Pishirilgan olmalar mazali desert bo’libgina qolmasdan, ular juda foydali hamdir. Ularni mikroto’lqinli pechda pishirib, anchagina vaqtingizni tejaysiz.
Olmaning ichiga birorn nimadan asos sifatida solsangiz, pishirig’ingiz ajoyib ta’m kasb etishi aniq. Kelinglar bugun bunday olmalarni yong’oq, asal va olxo’ri qoqidan solib tayyorlaymiz.
Masalliqlar:
2 ta olma | |
50 gramm yong'oq | |
50 gramm quritilgan olxo'ri | |
3 osh qoshiq asal | |
1 choy qoshiq dolchin |
Olmalarni yuvib quritamiz.
Olmani ichini bo'shatamiz, chunki unga asos solamiz
Olmaning bir necha joylarini tishkovlagich bilan teshsak, pishirish jarayonida olmalar yorilib ketmaydi.
Quritilgan olxo'ri va yong'oqlarni mayda to'g'raymiz.
Kichikroq idishga olxo'ri, yong'oq, asal va dolchinni solib aralashtiramiz.
Olmalarni mikroto'lqinli pech likopchasiga qo'yamiz va ichiga asoslarimizdan solamiz.
Olmalarni mikroto'lqinli pechda 800 Vt da 5-6 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Olmani 1-2 daqiqa mikroto'lqinli pechda qoldiramiz.
Olmalarni iliqligida ham, sovutib ham iste'mol qilsa bo'ladi.
Ularni ta'bga qarab yogurt yoki ko'pirtirilgan qaymoq bilan iste'mol qilish mumkin. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
2 ta olma | |
50 gramm yong'oq | |
50 gramm quritilgan olxo'ri | |
3 osh qoshiq asal | |
1 choy qoshiq dolchin |