«Kafe» kafesidan retsept: tvorogli quymoqchalar
Masalliqlar:
-
1 kilo tvorogyog'li bo'lmasin
-
1 ta limon po'sti
-
100-140 gramm shakar
-
140 gramm un
-
1 osh qoshiq bug'doy yormasi
-
1 ta tuxum
-
2-3 ta tuxum sarig'i
Yo’nalishlar
Mazali va do’mboq quymoqchalar nonushta uchun ajoyib yegulik sanaladi. Tvorogni bolalaringiz iste’mol qilishni xohlashmasa, unda ularga aynan mana shu pishiriqdan tayyorlab bering.
Bugungi juda mazali quymoqchalarni «Kafe» kafesidan boshqa hech qayerda uchratmaysiz va endilikda esa ularni o’zingiz tayyorlay olasiz.
Masalliqlar:
1 kilo tvorog | |
1 ta limon po'sti | |
100-140 gramm shakar | |
140 gramm un | |
1 osh qoshiq bug'doy yormasi | |
1 ta tuxum | |
2-3 ta tuxum sarig'i |
Ishlatadigan tvorogingiz yog'li bo'lmasin. Tvorog namroq bo'lsa, uni dokaro'moldan ortiqcha suvidan xalos qiling. 2-3 soat buning uchun yetsa kerak.
Barcha masalliqlarni aralashtirib olamiz. Kafening bosh oshpazi massani qo'lda aralashtirishni taklif qiladi. Mikser bilan aralashmani ko'pirtirsangiz, pishgan quymoqchalar shishib chiqadi.
Kichikroq kulchalar yasab olamiz. Qalinligini barmog'imizdek qilamiz. Quymoqchalarni qovurishdan oldin biroz muzlatgichga qo'yib muzlatib oling. So'ng tovaga o'simlik yog'i va sariyog' solib ularni har bir tomonini 3-5 daqiqadan pishirib oling. Tayyor bo'lishidan 1 daqiqa oldin qopqog'ini yopib qo'ying. Tayyor quymoqchalarni har xil mevalar yoki o'zingizga yoqadigan qiyomlar bilan bezaymiz.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 kilo tvorog | |
1 ta limon po'sti | |
100-140 gramm shakar | |
140 gramm un | |
1 osh qoshiq bug'doy yormasi | |
1 ta tuxum | |
2-3 ta tuxum sarig'i |