Uyda tayyorlanilgan granolalar
Masalliqlar:
-
300 gramm suli yormasi
-
125 millilitr asal
-
180 gramm yong'oq
-
125 millilitr olma sharbati
-
60 gramm o'simlik yog'i
-
2 osh qoshiq maydalangan dolchin
-
180 gramm quritilgan mevalar
Yo’nalishlar
Barcha oila a’zolari uchun foydali va mazali nonushtalardan biri – bu uyda tayyorlanilgan granolalardir.
Granola bizga Amerikadan kirib kelgan bo’lib, uni ta’tib ko’rganlarga ilk safardanoq juda manzur bo’lgan. Ta’m jihatidan myusliga o’xshab ketsada, lekin undanda mazaliroq. Granolani sutga yoki yogurtga aralashtirib yeyishga ham juda yaxshi. Buning uchun bizga tez pishmaydigan, uzoq muddat qaynatishga mo’ljallanilgan suli yormasidan foydalanamiz. Ta’bga qarab yong’oq va quruq mevalardan solammiz. Biz, granola mazali chiqishi uchin keshyu, yong’oq, bodom, quritilgan ananas va kivi, mayiz solishingizni tavsiya qilgan bo’lardik.
Masalliqlar:
300 gramm suli yormasi | |
125 millilitr asal | |
180 gramm yong'oq | |
125 millilitr olma sharbati | |
60 gramm o'simlik yog'i | |
2 osh qoshiq maydalangan dolchin | |
180 gramm quritilgan mevalar |
Yong'oq va quritilgan mevalarni kichikroq hajmlarda to'g'rab olamiz.
Tovaga asal, olma sharbati, o'simlik yog'i va dolchinni solib aralashtiramiz.
Barcha masalliqlar silliq bo'lgunicha qizdiring, lekin qaynab ketmasin.
Boshqa bir idishda suli yormasi va quritilgan mevalarni solib aralashtiring va ustidan issiq qiyomni quying.
Yaxshilab aralashtiring.
Gaz pechi patnisiga pergament qog'oz to'shang va ustidan yuqoridagi massani tekis qilib solib chiqing.
160 C darajada 40-50 daqiqa davomida pishirib oling. Pishirish jarayonida har 10 daqiqada gazni ochib, granolani aralashtirib turing.
Tayyor granolaga qurutilgan mevalarni solib aralashtiring. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
300 gramm suli yormasi | |
125 millilitr asal | |
180 gramm yong'oq | |
125 millilitr olma sharbati | |
60 gramm o'simlik yog'i | |
2 osh qoshiq maydalangan dolchin | |
180 gramm quritilgan mevalar |