fbpx
Videoretsept: onigiri

Videoretsept: onigiri

Taomlari:

    Masalliqlar:

    • Nachinka uchun

    Yo’nalishlar

    Onigiri — — bu guruch, baliqli nachinka va nori barglaridan iborat an’anaviy yapon gazagi bo’lib, guruchli pirokalarga o’xshaydi. Ular ham nonushta, ham tamaddi uchun a’lo tanlov bo’lib, nachinka va shaklini xohishga ko’ra o’zgartirish mumkin.

    Tayyor taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m.

    *narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

    Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

    Masalliqlar:

    Portsiya:
    600 gramm qaynatilgan guruch 200 gramm quruq holatida
    1 dona nori bargi
    10 gramm kunjut
    Nachinka uchun
    150 gramm konservalangan tunets balig'i
    Yarim bog’ ko'k piyoz
    40 gramm Yoki tvorogli pishloq
    Qadam 1
    Tugallandi

    Guruchni qaynatib biroz sovutamiz.
    Muhim: onigiri uchun dumaloq va yopishqoq guruch ishlatish kerak.

    Qadam 2
    Tugallandi

    Nachinka uchun tunets balig’i, ko’k piyoz va mayonezni aralashtiramiz.

    Qadam 3
    Tugallandi

    Biroz guruchni olib, undan chalpak yasaymiz ba o’rtasiga nachinka solamiz. Birinchi dumaloq shaklga keltirib, so’ngra uchburchak holatiga keltiramiz.

    Qadam 4
    Tugallandi

    Nori bargini o’rtacha lentalarga kesamiz. Lenta bilan onigirining bir tomonini o’raymiz.

    Qadam 5
    Tugallandi

    Tayyor onigirini munjut bilan bezab, dasturxonga tortamiz.

    Yoqimli ishtaha!

    • 40 daqiqa
    • Portsiya 5
    • Oddiy

    Share it on your social network:

    Or you can just copy and share this url

    Masalliqlar:

    Portsiya:
    600 gramm qaynatilgan guruch 200 gramm quruq holatida
    1 dona nori bargi
    10 gramm kunjut
    Nachinka uchun
    150 gramm konservalangan tunets balig'i
    Yarim bog’ ko'k piyoz
    40 gramm Yoki tvorogli pishloq
    oldingi
    Videoretsept: uyda tayyorlangan qattiq pishloq
    keyingi
    Videoretsept: «Toshkent» salati

    2 Sharhlar Hide Comments

    Izohingizni yozib qoldiring

    Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.