Videoretsept: pomidor va motsarellalik galeta
Masalliqlar:
-
Xamir uchun
-
200 gramm un
-
0,5 choy qoshiq tuz
-
100 gramm muzdek sariyog'
-
50 gramm smetana
-
25 millilitr muzdek suv
-
Nachinka uchun
-
3 ta pomidor
-
4-5 dona rayhon bargi
-
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
-
0,5 choy qoshiq tuz
-
ta'bga ko'ra italyancha xushbo'y ziravorlar
-
15 millilitr zaytun yoki o'simlik yog'i
-
120 gramm tvorogli pishloq
-
10 dona motsarella pishlog'i
-
Surtish uchun
-
1 ta tuxum sarig'i
Yo’nalishlar
Sabzavotli nachinkali yupqa xamirdan tayyorlangan ochiq piroglar yoz taomnomasi uchun mukammal. Bu retsept bo’yicha tayyorlangan galeta juda mayin, yupqa xamir va suvli nachinkali bo’lib pishadi.
Motsarellani issiq galeta ustiga solsangiz, pishloq erib yanada mazali bo’ladi!
Tayyor taomning taxminiy narxi – 40 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
Xamir uchun |
|
200 gramm un | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
100 gramm muzdek sariyog' | |
50 gramm smetana | |
25 millilitr muzdek suv | |
Nachinka uchun |
|
3 ta pomidor | |
4-5 dona rayhon bargi | |
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
ta'bga ko'ra italyancha xushbo'y ziravorlar | |
15 millilitr zaytun yoki o'simlik yog'i | |
120 gramm tvorogli pishloq | |
10 dona motsarella pishlog'i | |
Surtish uchun |
|
1 ta tuxum sarig'i |
Xamir tayyorlaymiz
Idishda un va tuzni birlashtiramiz.
Sovuq sariyog’ qo’shib un bilan uqalaymiz.
Smetana va sovuq suv qo’shamiz. Xamirni qorib, paketga o’rab, 10 daqiqaga sovutgichga qo’yamiz.
Nachinka tayyorlaymiz
Pomidorlarni katta kubik shaklida to’g’rab, rayhon bilan sarimsoqpiyoz qo’shamiz.
Idishda pomidor, rayhon, sarimsoqpiyoz, italyancha ko’katlar va zaytun yog’ini aralashtiramiz.
Galeta shakllantiramiz
Xamirni yupqa yoyib, tvorogli pishloq surtamiz.
Nachinkani solib, xamir chetlarini o’rtaga buklaymiz.
Galeta chetlarini tuxum bilan surtib, xohishga ko’ra kunjut sepamiz. 180C gacha qizdirilgan pechga, chetlari qizarguncha, 30-40 daqiqaga qo’yamiz.
Masalliqlar:
Xamir uchun |
|
200 gramm un | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
100 gramm muzdek sariyog' | |
50 gramm smetana | |
25 millilitr muzdek suv | |
Nachinka uchun |
|
3 ta pomidor | |
4-5 dona rayhon bargi | |
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
ta'bga ko'ra italyancha xushbo'y ziravorlar | |
15 millilitr zaytun yoki o'simlik yog'i | |
120 gramm tvorogli pishloq | |
10 dona motsarella pishlog'i | |
Surtish uchun |
|
1 ta tuxum sarig'i |