Videoretsept: qovoqchadan lazanya
Masalliqlar:
-
2 ta qovoqcha
-
450 gramm mol go'shtidan qiyma
-
300 gramm pishloq
-
2 ta tuxum
-
100 gramm tomat pastasi
-
30 millilitr o'simlik yog'i
-
2 choy qoshiq tuz
-
1 choy qoshiq qora murch
Yo’nalishlar
Qovoqchadan lazanya — barcha sevgan italyancha taomining sog’lom usuli. Agar siz parxez tutsangiz yoki xamirli taomlarni kamaytirmoqchi bo’lsangiz – bu retsept siz uchun.
Lazanya mazali, qizargan pishloq qatlamli va suvli nachinkali bo’lib pishadi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
2 ta qovoqcha | |
450 gramm mol go'shtidan qiyma | |
300 gramm pishloq | |
2 ta tuxum | |
100 gramm tomat pastasi | |
30 millilitr o'simlik yog'i | |
2 choy qoshiq tuz | |
1 choy qoshiq qora murch |
Qovoqchani yupqa qilib kesamiz.
Pishloqni mayda qirg’ichdan chiqaramiz.
O’simlik yog’ida qiymani 5-7 davomida qovuramiz. Aralashtirib turishni unutmaymiz.
Tomat pastasining yarimi, tuz, murch qo’shib, yana 2 daqiqa davomida qovuramiz.
Idishda tuxum, qirg’ichdan chiqarilgan pishloqning yarimi, tuz va murchni aralashtiramiz.
Pishirish uchun qolipga qolgan tomat pastasini surtamiz.
Qovoqchalar qismini 1 qator teramiz.
Ustiga qiymani tekkislaymiz.
Qiyma ustiga tuxumli aralashmaning yarimini quyamiz va pishloq sepamiz. Yana bir marta barcha qatlamlarni qaytaramiz.
Oxirida qolgan pishloqni sepib, 190C gacha qizdirilgan pechga 40-45 daqiqaga qo’yamiz.
Masalliqlar:
2 ta qovoqcha | |
450 gramm mol go'shtidan qiyma | |
300 gramm pishloq | |
2 ta tuxum | |
100 gramm tomat pastasi | |
30 millilitr o'simlik yog'i | |
2 choy qoshiq tuz | |
1 choy qoshiq qora murch |