Videoretsept: avokado va tuxumli tost
Masalliqlar:
-
1 ta avokado
-
2 ta tuxum
-
60 gramm tvorogli pishloq
-
0,5 choy qoshiq tuz
-
0,5 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
-
0,5 choy qoshiq qora murch
-
yarim limon sharbati
-
2 dona toster yoki baton noni
-
30 millilitr o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Foydali va to’yimli avokado va tuxumli tostlar nonushta uchun ajoyib tanlov bo’lib, sizg butun kunga energiya beradi. Avokado tarkibidagi ko’plab viraminlar va foydali mikroelementlar sababli bunday nonushta nafaqat mazali, balki foydali hamdir. Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
1 ta avokado | |
2 ta tuxum | |
60 gramm tvorogli pishloq | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
0,5 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
0,5 choy qoshiq qora murch | |
yarim limon sharbati | |
2 dona toster yoki baton noni | |
30 millilitr o'simlik yog'i |
Toster uchun nonni toster ichida yoki quruq tovada ikki tomonini quritamiz. Istalgan nonni ishlatishingiz mumkin.
Tovada o’simlik yog’ini qizdirib, tuxumni rhtiyotkorlik bilan chaqamiz, tuxum oqi oqib ketmasligi kerak. Tuxumni pishiramiz. Tuxum sarig’ini qatirib yubormang, u biroz suyuq qolishi kerak.
Avokadoni o’rtasidan kesib, danagini olib tashlaymiz, po’stlog’ini tozalaymiz va bo’laklarga kesamiz.
Non ustiga tvorogli pishliq surtib, ustiga avokado bo’laklarini teramiz, ziravorlardan bir chimdimdan sepib, limon sharbatini ezamiz.
Masalliqlar:
1 ta avokado | |
2 ta tuxum | |
60 gramm tvorogli pishloq | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
0,5 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
0,5 choy qoshiq qora murch | |
yarim limon sharbati | |
2 dona toster yoki baton noni | |
30 millilitr o'simlik yog'i |