fbpx
Videoretsept: pesto sousilik «Archa»

Videoretsept: pesto sousilik «Archa»

Masalliqlar:

  • Pesto qaylasi uchun

  • Bezak uchun

Yo’nalishlar

Tayyor qatlama xamirdan «yangi yil daraxti» tez tayyorlanadi va ajoyib ko’rinishi bilan ajralib turadi. Shuningdek, nachinkalarni ta’bga ko’ra o’zgartirish mumkin – ham sho’r, ham shirin. Bu pishiriqni  sous bilan dasturxonga tortish mumkin, yoki shirin turini bir piyola choy bilan.   

Tayyor taomning taxminiy narxi – 60 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
700 gramm tayyor qatlamali xamirturushsiz xamir
100 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq
Pesto qaylasi uchun
50 gramm yashil rayhon
40 gramm yong'oq
2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
30 gramm qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i
50 millilitr zaytun yog'i
bir chimdim tuz
Bezak uchun
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv
10 gramm kunjut
Qadam 1
Tugallandi

Rayhonni yuvib, shoxlarini kesib, blender yordamida pyure holatiga keltiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qirg’ichdan chiqarilgan parmezan, yong’oq, sarimsoqpiyoz va tuzni qo’shib, «puls» rejimida bir-necha martta maydalaymiz. Sousni biroz kashasimon qilgan yaxshi, pyure holatigacha emas.

Qadam 3
Tugallandi

Biroz zaytun yog’i qo’shib, sousni aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni 2 qismga bo’lamiz. Ikkala qismni yoyib, archa shaklida kesamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni bir qismini pergament qog’ozi solingan patnisga qo’yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Ustiga pesto sousini surtamiz va pishloq sepamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Ikkinchi xamir bo’lagi bilan berkitib, biroz ustini bosamiz. Pichoq yordamida archa shoxlarini kesamiz.

Qadam 8
Tugallandi

O’tkir pichoq bilon asos uchun o’rtasida joy qoldirib, 1,5–2 sm qalinlikda shoxlar kesamiz. Har bir shoxchani bir necha marta spiral shaklida aylantiramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Archani ustiga tuxum sarig’ini surtib, kunjit sepamiz.

Qadam 10
Tugallandi

200С gacha qizdirilgan pechga 20-25 daqiqaga, qizarib pishguncha, qo’yamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat
  • Portsiya 6
  • Oddiy
  • 200C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
700 gramm tayyor qatlamali xamirturushsiz xamir
100 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq
Pesto qaylasi uchun
50 gramm yashil rayhon
40 gramm yong'oq
2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
30 gramm qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i
50 millilitr zaytun yog'i
bir chimdim tuz
Bezak uchun
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv
10 gramm kunjut
oldingi
Videoretsept: «Qordagi toshlar» qatlamli salati
keyingi
Videoretsept: Xagrid pechenyesi «Tosh kekslari»

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.