fbpx
Lavashdan tayyorlangan vap-rulet

Lavashdan tayyorlangan vap-rulet

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bu rulet ajoyib ta’mli bo’lib, gazak sifatida ham, yengilgina kechki taom sifatida ham juda ajoyi g’oyadir. Pishloq va tovuq go’shtining ajoyib uyg’unligi, hech bir mazali taom shinavandalarini befarq qoldirmasligi aniq.

Bugungi tayyorlaydigan yeguligimiz bayram dasturxoningizni ham bazatishi mumkin!

 

Masalliqlar:

250 gramm tovuq go'shti (lahm)
150 gramm pekin karami
1-2 ta pomidor
1 dona katta lavash
0.5 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
ta'bga qarab tuz va murch
20 gramm sariyog'
60 gramm smetana
0.5 choy qoshiq xantal
Qadam 1
Tugallandi

Tovuq go'shtining ikkala tomonidan ham ziravorlarni sepamiz.

Sariyog'ni tovada qizdirib olamiz va yaxshilab qizartirib qovurib olamiz.

Yaxshilab pishishi uchun taxminan 5-7 daqiqaga qopqog'ini yopib, dimlab qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Karamni olib, yupqa somoncha shaklida to'g'raymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tovuq go'shtini ham yupqaroq to'g'rab olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Pomidorni aylana shaklida to'g'raymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Lavashni olamiz va o'rtasidan teng ikkiga bo'lamiz.

Birinchi lavash ustidan yumshatilgan pishloqni teng yarmini surib chiqamiz.

Ikkinchi lavashni ham pishloq ustidan tekis qo'yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Ikkinchi lavashni ustiga ham pishloqni surtib chiqamiz.

Ustidan to'g'ralgan karam, pomidor va tovuq go'shtini teng taqsimda terib chiqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Smetana va xantalni aralashtiramiz va yarmini lavash ustidan quyib chiqamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Lavashni ruletga o'xshatib o'rab chiqamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Lavashli ruletni zar qog'oz yoki yelim qog'ozga o'rab, 30 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Ruletni 4-5 sm qalinlikda kesib, qolgan smetanali qayla bilan birga dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

250 gramm tovuq go'shti (lahm)
150 gramm pekin karami
1-2 ta pomidor
1 dona katta lavash
0.5 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
ta'bga qarab tuz va murch
20 gramm sariyog'
60 gramm smetana
0.5 choy qoshiq xantal
oldingi
Batafsil fotoretsept: Turkcha paxlava
keyingi
Tvorogli koptokchalar

2 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.