fbpx
Gulkaram va qizil bulg’ordan oladya

Gulkaram va qizil bulg’ordan oladya

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Ham sovuq holatda, ham issiq holatda smetana bilan iste’mol qilish mumkin bo’lgan, gulkaramdan ajoyib ta’mli, mayin oladyalar. Ularni nafaqat nonushtaga, balki go’sht yoniga garnir sifatida, yoki gazak, yoki to’liq ikkinchi taom sifatida tayyorlash mumkin.  

Tayyor taomning taxminiy narxi – 20 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm gulkaram
1 ta qizil bulg'or qalampiri
2 ta tuxum
80 gramm un
60 millilitr gazlangan suv
0,5 choy qoshiq zira
0,5 choy qoshiq tuz
30 millilitr o'simlik yog'i
15 gramm sariyog'
20 gramm smetana
Qadam 1
Tugallandi

Gulkaramni yuvib, gullarini kesib, kombaynga solib kasha holatigacha maydalaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Katta qirg’ichdan o’tkazilgan bulg’or qalampirini qo’shamiz. Bulg’orning plyonkasi qo’lda qoladi, faqat yumshoq ichini qo’shamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tuxum, un, gazlangan suv va ziravorlarni qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tovada sariyog’ni o’simlik yog’i ichida eritamiz.

Qadam 5
Tugallandi

1 osh qoshiq massani tovaga solib o’rtacha olovda 3-4 daqiqadan ikki tomonini qovuramiz. Ikkinchi tomonini aylantirgandan so’ng, 5 daqiqa davomida qopqoq ostida dimlaymiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tayyor oladyalarni issiqligida sovuq smetana bilan dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 20 daqiqa
  • Portsiya 4
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm gulkaram
1 ta qizil bulg'or qalampiri
2 ta tuxum
80 gramm un
60 millilitr gazlangan suv
0,5 choy qoshiq zira
0,5 choy qoshiq tuz
30 millilitr o'simlik yog'i
15 gramm sariyog'
20 gramm smetana
oldingi
Batafsil fotoretsept: qizil loviyalik salat
keyingi
Shokolad qo’shilgan suli yormasidan pechenye

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.