fbpx
Videoretsept: brauni pechenyesi

Videoretsept: brauni pechenyesi

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Oson va tez tayyorlanadigan juda ham shokoladli pechenye «Brauni» pishirishni tavsiya qilamiz. Ichi yumshoq va cho’ziluvchan iris kabi, ustida esa qarsillagan shokoladli qatlam. Natijada – ajoyib ta’m va butun uyga taralgan shokolad isi. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 45 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
2 ta tuxum
1 ta tuxum sarig'i
230 gramm eritilgan qora shokolad
70 gramm o'simlik yog'i
200 gramm jigarrang shakar
100 gramm un
30 gramm kakao kukuni
1 choy qoshiq vanil shakari
0,5 choy qoshiq tuz
80 gramm shokoladli tomchilar yoki oddiy shokolad
Qadam 1
Tugallandi

Shokoladni mikroto’lqinli pech yoki suv banyasida eritamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Eritilgan shokoladga o’simlik yog’i qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Alohida idishda tuxum va shakarni baland tezlikda 3 daqiqa mobaynida ko’pirtiramiz, aralashma och rang bo’lguncha.

Qadam 4
Tugallandi

Tuxum aralashmasiga shokoladli aralashmani qo’shib, ko’pirtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Suyuq masalliqlarga quruq masalliqlarni qo’shib, aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Oxirida shokolad tomchilari yoki maydalangan shokoladni qo’shib, aralashtiramiz. Xamir yumshiq bo’lishi kerak. мягким.

Qadam 7
Tugallandi

Muzqaymoq uchun qoshiq yoki oddiy qoshiq yordamida pergament qog’ozi solingan patnisga xamirni qo’yib chiqamiz. Dumaloqchalar o’rtasida masofa qoldiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

180С haroratda 10-12 daqiqa davomida, chetlari qatib, o’rtasi yorilguncha pishiramiz.
Pechenyeni sovutib, achchiq qahva bilan iste’mol qilishni taklif qilamiz. 


Yoqimli ishtaha!

  • 30 daqiqa
  • Portsiya 10
  • O’rtacha
  • 180C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
2 ta tuxum
1 ta tuxum sarig'i
230 gramm eritilgan qora shokolad
70 gramm o'simlik yog'i
200 gramm jigarrang shakar
100 gramm un
30 gramm kakao kukuni
1 choy qoshiq vanil shakari
0,5 choy qoshiq tuz
80 gramm shokoladli tomchilar yoki oddiy shokolad
oldingi
Kruassanlik sendvichlar
keyingi
Batafsil fotoretsept: olcha va shtreyzellik tvorogli pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.