fbpx
Qizil baliq va bedana tuxumlaridan salat

Qizil baliq va bedana tuxumlaridan salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Yengil, mazali va juda foydali salat organizmni bahorgacha tayyorlaydi. Bunday yegulik o’z vazniga e’tibor beruvchilarni birontasini e’tiborsiz qoldirmaydi.

Bu salat uchun xohlagan turdagi qizil baliqdan foydalanishingiz mumkin. Tuxum borasida esa: salatga bedana tuxumidan ham, oddiy tovuq tuxumidan ham foydalanishingiz mumkin. Qaysi birini tanlash esa o’zingizga havola.

Masalliqlar:

Portsiya:
100 gramm kam tuzlangan qizil baliq
8 ta bedana tuxumi
10 ta pomidor cherry
1 bog' Aysberg salat bargi
1-2 bog' rukkola
2 osh qoshiq balzamli sirka limon sharbatidan foydalansa ham bo'ladi
2 osh qoshiq zaytun moyi
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Salat bargi va rukkolani yaxshilab yuvib, quritamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tuxumni qaynatamiz va po'chog'idan tozalaymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Salat bargina qo'lda katta-katta bo'laklarga bo'lamiz, rukkolani esa butubligicha idishga solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Bedana tuxumi va pomidorlarni o'rtasidan teng ikkiga bo'lamiz, ko'katlarni ustiga solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Baliqni yupqa kesamiz va idishga solamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tuz va murchni sepib qoshiqda yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Likopchaga solamiz va ustidan balzamli sirka va zaytun moyini sepamiz.

Salat tayyor, uni bemalol dasturxonga tortishingiz mumkin.

Bu salatni tayyorlagandan so'ng, iloji boricha ikki soat ichida iste'mol qiling, bu salatni ko'p saqlab bo'lmaydi.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 20 daqiqa
  • Portsiya 4
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
100 gramm kam tuzlangan qizil baliq
8 ta bedana tuxumi
10 ta pomidor cherry
1 bog' Aysberg salat bargi
1-2 bog' rukkola
2 osh qoshiq balzamli sirka limon sharbatidan foydalansa ham bo'ladi
2 osh qoshiq zaytun moyi
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Videoretsept: mikroto’lqinli pechda pishirilgan shokoladli keks
keyingi
Yasmiqli krem-sho’rva

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.