fbpx
Makkajo’xori va pishloqli salat

Makkajo’xori va pishloqli salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Agar sizning ovqatalanish ratsioningizda oqsil kamlik qilayotgan bo’lsa, unda makkajo’xori va pishloqli salat tayyorlashingizni maslahat beramiz.

Hamda ushbu salat noodatiy smetana va xantalli qayla bilan aralashtiriladi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 21 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
130 gramm qaynatilgan tovuq filesi
2 ta qaynatilgan tuxum
50 gramm pishloq
100 gramm konservalangan makkajo'xori
10 gramm ko'k piyoz
50 gramm smetana
5 gramm xantal
ta'bga ko'ra tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Qaynatilgan tovuq go'shti va tuxumni to'rtburchak shaklida to'g'raymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Pishloqni somoncha shaklida to'g'raymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Piyozni mayda to'g'raymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Smetana, tuz, murch va xantalni aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Barcha masalliqlarni idishga solib, smetana va xantalli massani solamiz va aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tayyor salatni likopchalarga solib, dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!

  • 40 daqiqa
  • Portsiya 3
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
130 gramm qaynatilgan tovuq filesi
2 ta qaynatilgan tuxum
50 gramm pishloq
100 gramm konservalangan makkajo'xori
10 gramm ko'k piyoz
50 gramm smetana
5 gramm xantal
ta'bga ko'ra tuz va murch
oldingi
Videoretsept: satsebeli qaylasida pishirilgan mol go’shti
keyingi
Videoretsept: go’shtli «Moychechak» bulochkalari

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.