Qo’ziqorin va pishloq qo’shilgan tovuqli taom
Masalliqlar:
-
600 gramm veshenkalar
-
700 gramm tovuq go'shti (lahm)
-
2 ta piyoz
-
14-15 dona pomidor cherryPomidorsiz pishirsa ham mazali chiqadi
-
150 gramm qattiq pishloq
-
2 osh qoshiq mayonez
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
yarim choy qoshiq zira
-
Qovurish uchun o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Tovuqli taomlarni xush ko’ruvchilar uchun ajoyib retsept! Qo’ziqorin va pishloq qo’shib pishiriladigan mazali tovuqli taom.
Bunday ajoyib uyg’unlikdagi taom, har bir oila a’zolaringizga yoqishi aniq.
Masalliqlar:
600 gramm veshenkalar | |
700 gramm tovuq go'shti (lahm) | |
2 ta piyoz | |
14-15 dona pomidor cherry | |
150 gramm qattiq pishloq | |
2 osh qoshiq mayonez | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
yarim choy qoshiq zira | |
Qovurish uchun o'simlik yog'i |
Piyozni mayda to'g'rab, yog' qizdirilgan tovada qovurib olamiz.
Ustidan uzunchoq to'g'ralgan qo'ziqorinlarni solib 15 daqiqaga dimlab qo'yamiz.
Go'shtni kattaroq bo'laklarga bo'lamiz, taxminan 10x10 sm da. Keyin oshxona bolg'achasi bilan urib chiqamiz.
Mayonezga tuz va ziravorlarni qo'shamiz va go'shtga surtib chiqamiz.
Go'shtni ustini 10-15 daqiqaga yelim qog'oz bilan yopib qo'yamiz.
Go'shtni olib patnisga teramiz, ustidan ikkiga bo'lingan pomidorlarni terib chiqamiz va oxirida qo'ziqorinlarni teng taqsimlab chiqamiz.
180 C darajali pechga 20 daqiqaga qo'yamiz.
Pishloqni olib qirg'ichdan o'tkazamiz va tovuqlarni ustidan sepib, yana 10 daqiqaga gaz pechiga qo'yamiz. Mana ovqatimiz ham tayyor. Bu ovqatni kartoshkali pyure yoki kartoshka qalamchalari (fri) bilan dasturxonga torting. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
600 gramm veshenkalar | |
700 gramm tovuq go'shti (lahm) | |
2 ta piyoz | |
14-15 dona pomidor cherry | |
150 gramm qattiq pishloq | |
2 osh qoshiq mayonez | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
yarim choy qoshiq zira | |
Qovurish uchun o'simlik yog'i |
2 Sharhlar Hide Comments
Ajoyib taom! Menga juda yoqdi. Juda mazzali chiqdi
Assalomu aleykum! Sizga yoqqanidan juda xursandmiz)