Tayoqchalarga tiqib pishirilgan bedana tuxumili somsa
Masalliqlar:
-
xamiri uchun
-
1 ta tuxum
-
100 millilitr kefir
-
100 gramm sariyog'
-
1 choy qoshiq tuz
-
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
-
400 gramm un
-
ustiga suritish uchun tuxum
-
ustiga sepish uchun kunjut
-
nachinkasi uchun
-
10 ta bedana tuxumi
-
2 ta piyoz
-
300 gramm mol go'shti
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
-
ta'bga ko'ra zira va kashnich
Yo’nalishlar
Mexmonlarni qanday qilib lol qoldirishni yoki bayram dasturxoniga qanday qilib xilma-xillik kiritishni bilmayapsizmi? Unda go’sht va bedana tuxumili ushbu chiroyli somsa retsepti sizga as qotadi.
Og’izda erib ketuvchi ushbu xamir retseptini boshqa somsalarda ham sinab ko’rishingiz mumkin. Masalan tovuq yoki qovoqli somsalarda.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
xamiri uchun |
|
1 ta tuxum | |
100 millilitr kefir | |
100 gramm sariyog' | |
1 choy qoshiq tuz | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
400 gramm un | |
ustiga suritish uchun tuxum | |
ustiga sepish uchun kunjut | |
nachinkasi uchun |
|
10 ta bedana tuxumi | |
2 ta piyoz | |
300 gramm mol go'shti | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
ta'bga ko'ra zira va kashnich |
Xamir tayyorlaymiz:
Unga tuz va qabartma solib, aralashtiramiz.
So'ngra sariyog'ni qirg'ichdan o'tkazamiz va qo'lda maydalab, yaxshilab aralashtiramiz.
Tuxum va kefir solamiz. Xamir qorib, yopishqoq plyonkaga o'raymiz va 20 daqiqaga muzlatgichga yuboramiz.
Bedana tuxumini qaynatib olib, po'stidan tozalaymiz.
Mol go'shti va piyozni mayda to'rtburchak shaklida to'g'raymiz. Ziravorlar sepib, yaxshilab aralashtiramiz.
Xamirni muzlatgichdan olib, 10 ta bir xil bo'lakka bo'lamiz.
Bo'laklarni dumaloqlab, 2 tasini qoldirib, qolganini paketga solamiz va muzlatgichga yuboramiz.
Dumaloq xamirlarni 3 millimetr qalinlikda yoyamiz. O'rtasiga nachinka solib, bittadan bedana tuxumini qo'yib chiqamiz. Chetlarini yopishtirib tugamiz.
Hosil bo'lgan ikkita somsani taxta tayoqchaga tiqib chiqamiz. Qolgan xamirdan ham shu tarzda somsalar hosil qilib olamiz.
Somsani gaz pechi patnisiga joylashtirib chiqamiz.
Masalliqlar:
xamiri uchun |
|
1 ta tuxum | |
100 millilitr kefir | |
100 gramm sariyog' | |
1 choy qoshiq tuz | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
400 gramm un | |
ustiga suritish uchun tuxum | |
ustiga sepish uchun kunjut | |
nachinkasi uchun |
|
10 ta bedana tuxumi | |
2 ta piyoz | |
300 gramm mol go'shti | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
ta'bga ko'ra zira va kashnich |