Videoretsept: Mandie Pie tayyor aralashmasidan vanilli pankeyklar
Masalliqlar:
-
1 ta qadoq pishiriq uchun Mandie Vanilla Pie aralashmasi
-
350-450 millilitr iliq sut
-
50 millilitr o'simlik yog'iyoki eritilgan sariyog'
Yo’nalishlar
Yaxshi kayfiyat bag’ishlovchi ajoyib nonushtani e’tiboringizga havola etmoqchimiz. Asosiysi ushbu pankeyklarni muhabbat ila tayyorlashdir!
O’zining mayin va ajoyib ta’mi tufayli ular rezavor meva yoki shokoladli ganash bilan ajoyib tarzda uyg’unlashadi.
Pazandalarning pishir kuydirga vaqti va hoxushi bo’lmaganda, Mandie Pie tayyor aralashmalari yordamga keladi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 20 000 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
1 ta qadoq pishiriq uchun Mandie Vanilla Pie aralashmasi | |
350-450 millilitr iliq sut | |
50 millilitr o'simlik yog'i |
Idishga quruq aralashmani solamiz.
Iliq sut solib, aralashtiramiz.
E'tibor bering: sut miqdorini o'z ta'bingizga ko'ra solishingiz mumkin. Agar siz do'mboq pankeyklarni yoqtirsangiz, 350-400 millilitr sut yetadi. Agar ingichka pankeyklar tayyorlamoqchi bo'lsangiz, unda 500 millilitr sut qo'shishingiz mumkin.
So'ngra o'simlik yo'gini qo'shib, yaxshilab aralashtiramiz.
Pankekylarni tagi olmaydigan tovada yoki blinchiklarga mo'ljallangan tovada pishirib olish maqsadga muvofiq.
Tovaga 2 osh qoshiq aralashmani solib, pishiramiz. Pankeyk tepasida pufakchalar hosil bo'lganidan so'ng, pankeykni o'girib, yana 20-30 soniya pishiramiz.
Tayyor pankeyklarni asal, qiyom, shokolad va qaynatilgan sut bilan dasturxonga tortish mumkin.
Yoqimli ishtaha!
Instagram sahifasi: mandiepiefood
Masalliqlar:
1 ta qadoq pishiriq uchun Mandie Vanilla Pie aralashmasi | |
350-450 millilitr iliq sut | |
50 millilitr o'simlik yog'i |