fbpx
«Madlen» shokoladli pechenyesi

«Madlen» shokoladli pechenyesi

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bugun sizlarga mazali «Madlen» shokoladli pechenyesini pishirib ko’rsatmoqchimiz. Bu pechenyedan qora shokoladning xushbo’y isi shundoqqqina ufurib turadi.

«Madlen» uchun maxsus qolipchalar ishlatamiz, agarda ular sizda mavjud bo’lmasa, unda maffinlar uchun mo’ljallangan bironta qulayroq qoliplardan foydalanishingiz mumkin. Faqatgina ular kichikroq hajmda bo’lishi kerak.

Masalliqlar:

2 ta tuxum
50 gramm shakar
100 gramm sariyog'
90 gramm un
0.5 choy qoshiq qabartma
100 gramm qora shokolad
Qadam 1
Tugallandi

Shokoladni suv bug'ida yoki mikroto'lqinli pechda eritib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Sariyog'ni ham xuddi shunday eritamiz va sovutib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tuxumni shakar bilan oqargunicha yaxshilab ko'pirtiramiz.

Ko'pirtirilgan tuxum ustidan eritilgan sariyog' solamiz.

So'ng qabartma bilan aralashtirgan unni ham solamiz.

Yaxshilab aralashtiramiz va eritilgan shokoladni oz-ozdan solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Yog' surtilgan qolipga xamirni 2/3 qismigacha to'ldirib solib chiqamiz.

Qadam 5
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 10-15 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Tayyorligini esa cho'pcha yordamida tekshirib ko'ramiz. Pechenyelarni xohishga qarab shakar upasi bilan bezatishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 20 daqiqa
  • Oddiy
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

2 ta tuxum
50 gramm shakar
100 gramm sariyog'
90 gramm un
0.5 choy qoshiq qabartma
100 gramm qora shokolad
oldingi
Karri ziravoridan pishirilgan tovuqli taom
keyingi
Oddiy oshxamir qorish

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.