Turkcha desert (syutlach)
Masalliqlar:
-
170 gramm shakar
-
100 gramm guruch
-
300 millilitr suv
-
600 millilitr sut
-
3 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
bezak uchun istalgan yong'oqlar
Yo’nalishlar
Turkiyada bo’lganlar, ehtimol bu shirinlikni ta’tib ko’rishgan bo’lsa kerak. Chunki ushbu shirinlik Turkiyada juda mashhur. Syutlach uyda tayyorlanadi va turk restoranlari va kafelarida desert sifatida tortiladi.
Bu shirinlikni issiq yoki to’liq sovutilgan holda tanovvul qilishingiz mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 11 000 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
170 gramm shakar | |
100 gramm guruch | |
300 millilitr suv | |
600 millilitr sut | |
3 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
bezak uchun istalgan yong'oqlar |
Idishga guruchni solib, suv quyamiz. Qopqog'ini yopib, past olovda suv bug'lanib ketgunicha qaynatamiz.
Kraxmalga vanil shakari va 100-150 millilitr sut solamiz. Qumoqlar hosil bo'lmasligi uchun yaxshilab aralashtiramiz va chetga olib, qo'yamiz.
Suvi bug'lanib ketgan guruchga qolgan sut, shakar va kraxmal va sutli aralashmani solamiz. Aralashtirib, 3-4 daqiqa quyilgunicha qaynatamiz.
Tayyor bo'tqani toblatma uchun mo'ljallangan kichik qolipchalarga quyib chiqamiz.
Masalliqlar:
170 gramm shakar | |
100 gramm guruch | |
300 millilitr suv | |
600 millilitr sut | |
3 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
bezak uchun istalgan yong'oqlar |