Tovada pishirilgan tezkor pitsa
Masalliqlar:
-
2 ta tuxum
-
4 osh qoshiq smetana
-
4 osh qoshiq mayonez
-
9 osh qoshiq un
-
100 gramm pomidor
-
50 gramm dudlangan kolbasa
-
1-2 dona marinadlangan bodring
-
80 gramm pishloq
-
3 osh qoshiq pomidorli ketchup
-
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Pitsa yegingiz kelyapti, ammo uzoq pishir-quydirga tobingiz yo’qmi? Bizda 15 daqiqada oddiygina tovada pishirsa bo’ladigan tezkor pitsa retsepti mavjud.
Asosi uchun uyingizda mavjud bo’lgan mahsulotlardan foydalanishingiz mumkin. Kolbasa, pishloq, tovuq, sabzavotlar ham to’g’ri keladi. Pomidor qaylasidan albatta foydalaning, ketchup ham bo’laveradi. Muzlatgichingizga nazar soling, sizda boshqa g’oyalar paydo bo’lishi ham mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 26 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
2 ta tuxum | |
4 osh qoshiq smetana | |
4 osh qoshiq mayonez | |
9 osh qoshiq un | |
100 gramm pomidor | |
50 gramm dudlangan kolbasa | |
1-2 dona marinadlangan bodring | |
80 gramm pishloq | |
3 osh qoshiq pomidorli ketchup | |
1 osh qoshiq o'simlik yog'i |
Chuqur idishda venchik yordamida tuxum, smetana, mayonez va unni yaxshilab aralashtiramiz.
Asosini tayyorlaymiz. Pomidor, kolbasa va bodringni parraklarga bo'lamiz. Pishloqni qirg'ichning katta tishidan o'tkazamiz.
Qizdirilgan tovani o'simlik yog'i bilan yog'laymiz. Ustidan xamirni quyib, tova bo'ylab bir xil qilib yoyamiz.
Xamir ustiga ozroq ketchup surtamiz.
Ustidan kolbasa, pomidor va marinadlangan bodring parraklarini qo'yib chiqamiz. Ustidan pishloq sepamiz.
Masalliqlar:
2 ta tuxum | |
4 osh qoshiq smetana | |
4 osh qoshiq mayonez | |
9 osh qoshiq un | |
100 gramm pomidor | |
50 gramm dudlangan kolbasa | |
1-2 dona marinadlangan bodring | |
80 gramm pishloq | |
3 osh qoshiq pomidorli ketchup | |
1 osh qoshiq o'simlik yog'i |