fbpx
Videoretsept: Tuzli karamel

Videoretsept: Tuzli karamel

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Xushbo’y va juda mazali qaylalardan yana biri bu – tuzli karameldir. Quymoq va pankeyklarni, tortlarni bezatishda ham bu qayla juda qo’l keladi. Yoki yangi damlangan qahvaga ham qo’shilsa o’zgacha ta’mni aks etadi.

BNu qayladan juda ko’p maqsadlarda foydalansa bo’ladi va uy sharoitida osonlikcha tayyorlashingiz mumkin. Faqat bir marta qilib ko’rsangiz kifoya. Qaylani suyuq-quyuqligi qaymoqning miqdoriga bog’liq – agar quyuqroq bo’lishini istasangiz qaymoqni kamroq soling yoki aksincha. Bizning usulda esa karamel o’rtacha suyuqlikda bo’ladi.

Aytgancha, karamelga ozgina tuz solinishi sabab ham uni tuizli karamel deyishadi, bu esa qaylaning ta’miga o’zgacha jilo baxsh etadi.

Masalliqlar:

200 gramm shakar
80 gramm sariyog'
150 gramm yog'li qaymoq
1/3 choy qoshiq tuz
Qadam 1
Tugallandi

Shakar tovaga solinadi va o'rtacha olovda yog'ochli yoki silikonli belkurakchada muntazam kovlagancha eritiladi.

Qadam 2
Tugallandi

Shakar erib to'q-sariq rangga kirgandan so'ng, ustidan to'rtburchak shaklda kesilgan sariyog' solinadi.

Yaxshilab aralashtiriladi.

Qadam 3
Tugallandi

So'ng oldindan biroz qizdirilgan qaymoq solinadi.

Qayla tinmasdan aralashtiriladi.

Ehtiyot bo'ling, qayla qaynab ketadi.

Qadam 4
Tugallandi

Tayyor qayla gaz plitasidan olinadi va sovutiladi. Bunday karamelni sovutgichda 2 haftagacha saqlay olamiz.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

200 gramm shakar
80 gramm sariyog'
150 gramm yog'li qaymoq
1/3 choy qoshiq tuz
oldingi
Batafsil fotoretsept: Oshirma xamir tayyorlash
keyingi
Videoretsept: tvorogli vareniklar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.